Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«El-klasiko»: Madridda Suares qahramon, Solari jim. Mag'lubiyatda aybdor kim?

Madridda bo'lib o'tgan “Real” – “Barselona” o'yini haqida biroz mulohaza qilamiz.

.
- Yuklab olish

Madridda bo'lib o'tgan “Real” – “Barselona” o'yini haqida biroz mulohaza qilamiz. Demak, maqolani klublar tarkibidan boshlaymiz.

Hammasi kutilganidek, ammo Marselo?  Uni asosiy tarkibda ko'rmaslikka o'rgandik deyarli, lekin Marseloning tajribasi mana shunday katta o'yinlarda as qotardi.

Mayli braziliyalik himoyachi bilan murabbiy o'rtasida qanday “ola mushuk” o'tganini aniq ayta olmayman. Ammo borgan sari Marselo jamoasini o'zgartirishi oydinlashib bormoqda.

ENDI NAVBAT GARET BEYLGA: Vinisius Junior Beylning yo'qligi bildirmadi. NAVBAT “BARSAGA”: Kataloniyaliklar murabbiyi Ernesto Valverde hamma kutgan tarkibni maydonga tushirdi.

Vinisius Junior “Real” tarkibida eng faol futbolchi bo'ldi deyilsa, xato bo'lmaydi. Unga ozgina tajriba etishmadi, braziliyalik yaratgan vaziyatlarni ko'rdingiz, faqatgina ularga yakun yasay olmadi.

Yosh futbolchi zarba berishni mashq qilishi kerak deganlarga qisman qo'shilmayman, braziliyalik vinger mashq qiladi, Bu tabiiy, aytmoqchi bo'lganim Vinisius aniq zarba bera olishiga shubha yo'q, hammasi yana o'sha tajribaga borib taqaladi.

BIRINChI 45 DAQIQALIK. “Real” “Barsaga” nisbatan ancha faolroq bo'ldi... Birinchi 45 daqiqalikda “Real” “Barsaga” nisbatan ancha faol bo'ldi. Lekin futbolda baribir natija gapiradi...

IKKINChI BO'LIM. Hammasi 360 gradusga o'zgarib ketdi. Katta sahnaga  chiqqan Suares hisobni ochdi. Hisob ochilganidan so'ng yuqorida ta'kidlab o'tilgan Marselo o'rniga maydonga tushgan Regelonning boshi bilan bergan zarbasi esda qoladigan vaziyat bo'ldi.

Ikkinchi gol. To'g'ri golni Varan avtogol urdi, lekin bu vaziyatda Suaresning hissasi katta bo'ldi, buni futboldan yiroqda bo'lmagan muxlislar yaxshi tushunadi. Dembelening harakatlarini ham alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Jahon chempioni har ikkala golda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi.

UChINChI GOL. Alohida mavzu: ha, penalti bor edi. Penaltini shu kuni porlagan urugvaylik “tishlong'ich” Suares ishladi. Bir qarashda maydonda oldingi o'yinlarga nisbatan unchalik ko'rinmayotgan Leo Messi zarba beradigandek edi, to'pni qo'liga ham oldi. Biroq argentinalik penaltini ishlab, birinchi golni urgan, xullas shu kuni “avjiga” chiqayotgan jamoadoshi Suaresga berdi.

Mana buni ahillik desa bo'ladi! Bundan ancha-muncha jamoa futbolchilari o'rnak olsa arziydi. Suaresning “Panenko” zarbasi shunchaki shedevr. Bu golni ko'rib, Pirlo, Zidan bir kulib qo'ygan bo'lsa ajab emas.

Shunda savol paydo bo'ladi: “Barsa” 2:0 hisobi bilan oldinda bo'lmaganida ham Suares shunday “pijonskiy” zarba berarmidi? Yo'q, balki berardi, chunki bu – Suares!

YaKUN: 3:0. “Barselona” “Santyago Bernabeuda “Real”ni yirik hisobda taslim etdi. Kun qahramoni esa Luis Suares (u xeyterlarga ajoyib javob yo'lladi). “Barsa” finalda, Solari esa yana dog'da qoldirildi...

Endi buyog'i oliy hakam vaqt hukmiga havola. Zidan, Ronaldularning qadri “Real”chilar oldida yana oshdi. Har doimgidek mag'lubiyatga aybdor yana Florentino Peres.

XAVOTIR. “El-klasiko”ning avvalgidek ahamiyatga ega bo'lishi tobora yo'qolib bormoqda. Yana o'sha gap: yuqorida bildirilgan fikrlarga, qo'shilmaslikka haqlisiz!

Jahongir

BestMaster
1 Mart 2019, 16:30
«el-klasiko», madridda, suares, qahramon, solari, maglubiyatda, aybdor, kim?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 kamolxon  
Togri zidan qadri bilinadi
2 Mart 2019, 20:09
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads