Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya kubogi. «Barselona» «Santyago Bernabeu»da yirik hisobda g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi

Ispaniya kubogi doirasidagi bu galgi "el-klasiko" dastlabkisiga nisbatan ancha shiddatli va gollarga boy bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya kubogi doirasidagi bu galgi "el-klasiko" dastlabkisiga nisbatan ancha shiddatli va gollarga boy bo'ldi. Har ikkala jamoa o'yin boshidanoq katta ishtiyoq bilan o'ynay boshlashdi. Shunga yarasha o'yinda xavfli vaziyatlar ko'p bo'ldi.

Tanaffusga qadar to'p nazorati bo'yicha kichik ustunlik "ko'k-anorranglilar" tomonida bo'lgan bo'lsa-da, xavfli vaziyatlar bo'yicha "Real" raqibdan oldinroq bo'ldi. Jumladan, Vinisius Junior faoliyatida eng yaxshi o'yinlardan birini o'tkazdi. U kataloniyalik himoyachilarni rosa qiynadi. Ammo so'nggi u tajribasizlik qilib, darvoza tomon bir necha marta aniq zarba bera olmadi. Ba'zida esa ter Shtegen qahramonlik ko'rsatdi. Boz ustiga, bir vaziyatda Benzema yakkama-yakka vaziyatda "Barsa" posbonini dog'da qoldira olmadi.

Ikkinchi bo'limda esa, kutilmaganda, Valverde shogirdlari uchun barcha narsa omadli bo'ldi. Bahsning 50-daqiqasida Alba-Dembele-Suares kombinatsiyasidan keyin Luis hisobni ochdi.

Mazkur o'tkazib yuborilgan goldan keyin "Madrid" tavakkal qilib oldinga tashlandi. Ular hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, ammo bu kecha omadj mehmonlar tomonida bo'ldi.

Kataloniyaliklar o'z imkoniyatlaridan juda unumli foydalanib qolishdi. Bahsning 69 va 72-daqiqalarida Luis Suares ikkita gol muallifiga aylanib, raqibni "nokaut"ga uchratdi. Dastlab Semeduning uzatmasidan keyin Dembele o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomonda ochilayotgan Suares tomon pas berdi. Varan esa to'pni darvozasiga burib yubordi. Rafael to'pga tegmaganida ham Suares darvozani ishg'ol qilar edi. Oradan 3 daqiqa o'tib Kazemiro o'z jarima maydonchasi ichida urugvaylik futbolchining oyog'ini bosib oldi. Belgilangan penaltini Suaresning o'zi Panenka uslubida amalga oshirib, hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi.

Shu tariqa, "Barselona" Ispaniya kubogi finaliga yo'l oldi.

Ispaniya kubogi, yarim final, javob o'yini
"REAL MADRID" - "BARSELONA" 0:3 (0:0)
Gollar: 0:1 – 50 Suares, 0:2 – 69, avtogol Varan, 0:3 – 73, penalti Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro (Valverde, 75), Vaskes (Beyl, 68), Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 81), Benzema.
Barselona – ter Stegen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Artur, 86), Dembele (Koutino, 75), Nelson Semedu, Messi, Suares (Vidal, 78).
Ogohlantirishlar: Vaskes (58), Buskets (65), Kazemiro (72), Nelson Semedu (81).
Dastlabki o'yin: 1:1

BestMaster
28 Fevral 2019, 03:10
ispaniya, kubogi, «barselona», «santyago, bernabeu»da, yirik, hisobda, galaba, qozonib, finalga, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 oybekjon  
Endi la ligada qasos olishi shart
28 Fevral 2019, 06:22
 nanii  
La ligada omad Real
28 Fevral 2019, 07:40
 Baykal  
Endi Realni La Liga da ham sikamiz
28 Fevral 2019, 11:40
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads