Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Davring tugadi, Beyl!

Irlandiya va “Liverpul” sobiq vakili Jon Oldrijga ko'ra Beyl maydonda o'zini o'nglab olishi uchun ispanchada atigi uchta so'zni o'rganib olishi kifoya qilarkan.

.
- Yuklab olish

Uelslik futbolchi Ispaniya poytaxtida qariyb olti yildan beri yashayotganiga qaramay ispanchani tuzukroq gapira olmasligi sabab “Real” kiyinish xonasida ajralib qolmoqda.

Irlandiya va “Liverpul” sobiq vakili Jon Oldrijga ko'ra Beyl maydonda o'zini o'nglab olishi uchun ispanchada atigi uchta so'zni o'rganib olishi kifoya qilarkan.

Ammo “Tottenxem”ning sobiq vakili uchta so'zdan iborat so'kinishni aytganidan keyin Oldrij u buni emas jamoadoshlari, referilar bilan muloqotda asqotadigan so'zni o'rganishni nazarda tutganini tilga oldi.

Vaqt o'tib britaniyaliklar uchun chet eldagi vaziyat o'zgarib bormoqda. Madriddagi olti yillik faoliyatiga qaramay Garet Beyl turli millat vakillaridan tarkib topgan kiyinish xonasida ancha qiyinchilikka uchramoqda.

Bu muammolar bilan birga uelslik futbolchining o'yinidagi kamchiliklar ham uning klubdan ketishini har qachongidan ham aniqroq ko'rsatib qo'ymoqda.

Beylga yaqin kishilarga ko'ra u tarkibning qolgan qismi bilan mashg'ulotlar yoki o'yin vaqtida kam muloqot qiladi. U yakkaxon o'zi qolishni istar ekan. “Biz uni golfchi deb ataymiz” – dedi Tibo Kurtua yaqinda bergan intervyusida.

“Aytish joizki, undagi iqtidorga qaramay, undagi uyatchanlik isteedodi porlashiga to'sqinlik qilmoqda. Men Madriddagilar kabi yashayman. Kech ovqatlanaman, kechroq uxlashga yotaman.”

“Boshqa kuni biz butun tarkib bilan kechki ovqatga yig'iladigan bo'ldik. Ammo Beyl va Kroos kelishmadi. Ular kechki ovqat vaqtini juda kech deb hisoblashdi. Biz restoranda ovqatlanishni 21:30 ga mo'ljalladik. Ammo 22:15 da ovqatlanishni boshladik.

Tunga borib qahva ichdik va soat 1:00 da uxlashga yotdik. Biz har kuni ertalab soat 11:00 da mashg'ulot o'tkazamiz. Menimcha bu qulay vaqt. Ammo Beyl “men sizlar bilan bora olmayman, 11:00 da uxlayman” deb uzr so'radi.”

Kiko Kasilya ketganidan keyin uning yonidan joy olgan Marselo ham Beyl bilan muloqot o'rnatishga urinib ko'rgan ammo uddasidan chiqa olmagan. “Kiko mendan keyin edi va biz kun bo'yi gaplashishga odatlangandik, hozir esa gaplashishga hech kim yo'q” – degan Beyl o'z intervyusida.

“Beyl jamoada, ammo biz inglizcha gapirishga majburmiz. Biz imo-ishoralar va salom (hi, hello) va xayrni (goodbye) aytamiz.”

Maydonda ham u asosiy tarkibdagi muqim o'rnini yo'qotib qo'ydi. “Taqachilar”ning sobiq vakili dekabrda bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyin birorta o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qilgani yo'q.

So'nggi 7 o'yinning atigi ikkitasida ilk daqiqalardan maydonga tushgan. Santyago Solari ko'proq yosh futbolchi Vinisius Juniorga ishonch bildirmoqda.

“Levante”ga qarshi o'yinda bu vaqt oralig'ida u yagona golini penaltidan kiritdi. Xabarlarga ko'ra, “Jirona”ga qarshi o'yindan keyin unga bo'lgan so'nggi ishonch uchqunlari ham poyoniga etgan.

Aksincha Karim Benzema bir bosh yuqoriga sakradi va La Ligada Beyldan ancha samarali natijalarga erishmoqda.

Beyl kelayotgan yozda Eden Azar, Kristian Eriksen yoki boshqa qimmatroq transferni osonlashtirish maqsadida klubni tark etishi mumkin. Uning erishgan natijalariga qaramay “Santyago Bernabeu”dagilardan kamginasi Beylning qolishini istaydi.

Aslida britaniyalik futbolchilarning xorijdagi sarguzashtlari unchalik chiroyli yakun topmagan.

Devid Platt, Gari Linekerlar boshqa avlod vakillari. Bugungi kunda ajoyib natija qayd etayotgan Jeydon Sancho ham mustasno holat. Ko'pchilik britanlar chetda moslashib ketishga juda qiynalishgan.

Ispanchasi yo'qligi, do'stlari qolmagani, borgan sari kam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi Beylning Madriddagi davri o'z yakuniga etib kelganidan darak bermoqda.

BestMaster
27 Fevral 2019, 23:30
davring, tugadi, beyl!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 trewq  
baribir bale zor oyinchi
27 Fevral 2019, 23:40
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads