Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«El-klasiko» oldidan: Dembele vs Junior

«Barselona» va «Real» klublari o'zgarishlar ostonasida turibdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» va «Real» klublari o'zgarishlar ostonasida turibdi. "Qirollik klubi"da Krishtianu Ronaldu davri yakuniga etgan bo'lsa, vaqti kelib Lionel Messi ham «ko'k-anorranglilar» safida faoliyatini yakunlaydi.

Tabiiyki, bu ikki buyuk futbolchi o'rnini boshqa o'yinchilar egallashadi. Hozirgi kunda Usmon Dembele va Vinisius Junior mazkur jamoalarning bo'lajak yulduzlari sifatida e'tirof etilmoqda.

Usmon va Vinisius uchun o'z jamoalaridagi debyut mavsum oson kechmadi. Frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsumda jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yuborgan bo'lsa, ikkinchi mavsumda intizomsizlik Dembelega qimmatga tushishiga oz qoldi. Braziliyalik futbolchi esa «Kastilya» safida o'ynab, asosiy jamoada imkon berilishi kutdi.

Ikkala hujumchining o'yin uslubi o'xshash: ular raqib futbolchilarini aldashga harakat qiladi. Ular tezkor hamda o'yin sur'atini o'zgartira oladi. Klublarda Buskets va Modrich maydon markazini nazorat qilishsa, Dembele va Vinisius hech narsani kutib o'tirmasdan raqib darvozasi tomon bosim uyushtirishadi.

Dembele ushbu mavsumda kichik sensatsiyani yuzaga keltirmoqda. U raqobatda Koutinoni engib o'tib, asosiy tarkibda Messi va Suares bilan birga hujum uchligini yuzaga keltirmoqda. Usmon ushbu mavsumda 13ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.

"Madrid"ga Solari kelganidan keyin Vinisius jamoaning asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi. To'g'ri, uning hisobidagi gollar soni hozircha ko'p emas (La ligada 2ta, Ispaniya kubogida 2ta), ammo braziliyalik futbolchi 8ta golga uzatma bergani e'tiborga molik.



Dembele yaqin kunlarda 21 yoshga to'lsa, Junior hozir 18 yoshda. Ularning iqtidoriga hech kim shubha qilmayapti. Ular yaqin kelajakda o'z klublarining yulduziga aylanishadi. Ammo Junior va Dembele bugunoq o'zlarini yana bir marta ko'rsatish imkoniyatiga ega. "El-klasiko" bizni kutib turibdi. Toshkent vaqti bilan — 01:00.

BestMaster
27 Fevral 2019, 22:30
«el-klasiko», oldidan, dembele, junior,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads