Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Santyago Solari: «Barselona»ga qarshi faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz»

«Real» bosh murabbiyi «Barselona»ga qarshi bo'ladigan Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi «Barselona»ga qarshi bo'ladigan Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Mazkur o'yin ertaga tunda — Toshkent vaqti bilan 01:00da «Santyago Bernabeu»da boshlanadi.

Muxlislarga murojaat
«Bu ajoyib o'yin bo'ladi — ispan futboli klasikosi. Men hamisha Ispaniyani ajoyib futbol mamlakati deb hisoblaganman. Futbol — bu Ispaniyani ajoyib mamlakatga aylantiradigan unsurlardan biri. Muxlislar, stadionga tashrif buyuring. Siz — asosiy tarkibning almashtirib bo'lmas yagona o'yinchisisiz».

Garet Beyl haqida
«Biz ertangi o'yinga bor e'tiborimizni qaratyapmiz: ajoyib o'yin bo'ladi. Safarda ajoyib o'yin namoyish qilib, durang o'ynadik. Hozir esa barcha, jumladan, Garet ham bor e'tiborini ertangi o'yinga qaratgan».

Beylga intizom etishmayaptimi?
«Yana takrorlayman, bor e'tiborimizni ertangi o'yinga qaratganmiz. Barchamiz yakdilmiz. Maqsadimiz aniq: finalga chiqish. Shu maqsad yo'lida ko'p ishladik. Finalga chiqish uchun haqiqatan ham ko'p mehnat qilish kerak edi.

«Real» Messidan qo'rqadimi?
«G'olib chiqishni istagan jamoa bunday o'ylamaydi. Biz musobaqa ishtirokchilari kurashish orqali maroqlanamiz. Maydonga esa kurashish va g'alaba qozonish uchun chiqamiz. Durang yoki mag'lubiyat haqida o'ylamaymiz».

Chap qanot himoyachisi haqida
«Hali bir qarorga kelmadim. Bir qarorga kelgan bo'lsam-da, buni sizga aytmayman».

Vinisius haqida
«Vinisius Madridga kelganidan beri jamoadoshlari unga yordam berishmoqda. Tajribali futbolchilar vaqt ajratib, Juniorga maslahatlar berishmoqda. Uning iqtidori va jamoadoshlaridan olayotgan tajribasi — bu eng muhimi. Men ham Vinisiusga har tomonlama yordam beryapman. U zehnli yigit».

Marselo asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyormi?
«Har bir o'yin — bu yangi dunyo. Biz buni shunday qabul qilamiz: biz Marseloga e'tibor qaratishimiz kerak. U ertangi o'yinda maydonga tushishi uchun ozmuncha kuch sarflamadik. Biz o'zimiz ishtirok etayotgan har bir musobaqada muvaffaqiyatga erishishni istaymiz».

Ertangi o'yin haqida
«Ertaga Ispaniya kubogi yarim final bosqichining javob o'yinini o'tkazamiz. Umid qilaman, bu safargisi ham avvalgisi ham ajoyib o'tadi».

Finalga chiqish uchun nima qilish kerak?
«Biz birinchi o'yinni yaxshi o'tkazdik, ayniqsa, ikkinchi bo'limda: yanada yaxshiroq natijaga erishish uchun golli vaziyatlarga ega bo'lgandik. Biz shunday ruhda davom etishimiz kerak. Bizning jamoa nima qilish kerakligini yaxshi biladi».

Beyl mashg'ulot o'tkazmagani haqida
«Nima uchun bunday savol berayotganingizni tushunib turibman. Siz o'zingiz e'tibor qaratgan narsa haqida so'rayapsiz. Ammo biz e'tiborimizni boshqa muhimroq narsaga qaratganmiz. Qanday qilib yakdil bo'lish va oldimizga qo'ygan maqsadga qay tarzda erishish mumkinligi haqida o'ylayapmiz».

Kazemiro ishlagan penalti haqida
«Videotakrorlar foydalanilganda, turli fikrlar yuzaga keladi. Yangi texnologiya sportning xolis bo'lishiga qaratilgan. O'ylaymanki, №12 qoidani biladiganlarda hech qanday shubha qolmadi. Barchamiz aybni hakamga ag'darishga harakat qilamiz, ular xato qilganida ham, haq bo'lishganida ham…».

Asosiy tarkib haqida
«Ertagacha boshlang'ich tarkibni ma'lum qilmayman».

Mavsumdagi eng yaxshi o'yin haqida
«Bu o'yin xuddi birinchisi kabi muhim».

BestMaster
26 Fevral 2019, 22:00
santyago, solari, «barselona»ga, qarshi, faqat, galabani, kozlab, maydonga, tushamiz»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
dxx
 dxx  
Omad Solari
26 Fevral 2019, 23:08
dxx
 dxx  
Omad Real
26 Fevral 2019, 23:08
 Barnabeo  
UDACHI SOLARI AND REAL
27 Fevral 2019, 09:14
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads