Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl «Real»dan norozi ekanini yashirib o'tirmayapti

«Real» hujumchisi Garet Beyl klubdagi hozirgi holatidan norozi bo'lmoqda. Bunga bir nechta sabablar bor.

.
- Yuklab olish

«Real» hujumchisi Garet Beyl klubdagi hozirgi holatidan norozi bo'lmoqda. Bunga bir nechta sabablar bor.

Birinchidan, Marselo va Tibo Kurtua tomonidan uelslik futbolchi haqida bildirilgan fikrlar Beylga yoqmadi. Braziliyalik himoyachining aytishicha, Garet faqat ingliz tilida gapiradi va qolgan futbolchilar u bilan imo-ishora orqali gaplashishiga to'g'ri keladi. Darvozabon esa jamoadagilar uelslik o'yinchini "golfchi" deb atashlarini aytgan. Garet bu sport turiga bo'lgan cheksiz muhabbati tufayli u o'z uyida golf maydonchasini yaratgan.

Ikkinchidan, klub bosh murabbiyi Santyago Solari asosiy tarkibda Vinisius Junior va Lekas Vaskesga ko'proq ishonch bildirmoqda. "Levante"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida zaxiradagi futbolchilar kabi Beyl ham chigalyozdi mashg'ulotini o'tkazayotgandi. Ammo 69-daqiqada Kroosning o'rniga Valverde tushirilganidan keyin Garet mashg'ulotni yig'ishtirdi va jahl bilan zaxira o'rindig'iga borib o'tirdi. Marselo esa unga beyjikni echib, mashg'ulotni davom ettirish kerakligini aytdi, ammo futbolchi bunday qilishdan bosh tortdi.

Marko Asensio esa yordamchi murabbiy Antonio Pintus qo'lostida mashqlarni davom ettirayotgandi. Mutaxassis esa Beylning zaxira o'rindig'iga o'tirib olganini ko'rib, unga indamadi. Oradan 5 daqiqa o'tib, Pintus futbolchining yoniga kelib, mashg'ulot o'tashga buyruq berdi. Natijada 73-daqiqada Beyl Benzemaning o'rniga maydonga tushirildi.

Beyl 76-daqiqada belgilangan penaltidan samarali foydalanib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ammo futbolchi golni nishonlash uchun o'ziga yaqinlashayotgan jamoadoshlarining tabriklarini qabul qilishni istamadi. Jumladan, o'ziga uzatilgan Lukas Vaskesning qo'llarini itarib tashladi.

Kazemiro esa Garetga intilayotgan Regilonga ishora qilib, uelslik futbolchining yoniga yaqinlashmaslikni aytdi. Beyl faqatgina Karvaxal, Nacho va Modrichdan tabriklarni qabul qildi.

Uchinchidan, ikki hafta oldin «Madrid» futbolchilari jamoaviy kechki ovqatga yig'ilishdi. Ammo Toni Kroos va Garet Beyl restoranga tashrif buyurishmadi. Tibo Kurtua esa hujumchi erta uxlashga yotishi tufayli jamoaviy kechki taomga kelmaganini aytib o'tgandi.

Mana shu holatlarning barchasi Garet Beyl va boshqa o'yinchilar o'rtasida uzilish borligini ko'rsatib bermoqda. Futbolchi so'nggi paytlarda "Qirollik klubi" futbolchilari bilan deyarli hazillashmayapti.

Shu bois, Beyl imkon bo'lishi bilan "Real"dan ketishini taxmin qilish mumkin.

BestMaster
25 Fevral 2019, 22:20
«real»dan, norozi, ekanini, yashirib, otirmayapti,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Barnabeo  
Garet ososiy orinda oynamokchi bolsang yaxshi oyin korsat. Ikkinchidan realdan ketmokchi bolsang eshik ochik bemolol ketiwur
25 Fevral 2019, 23:39
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads