Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. Penaltilar «Real»ga g'alaba keltirdi

Ispaniya La ligasining 25-turi doirasida «Real» safarda «Levante» mehmoni bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining 25-turi doirasida «Real» safarda «Levante» mehmoni bo'ldi.

Maydon egalari birinchi bo'limning yarmiga qadar katta ustunlikka ega bo'lishdi. Bahsning Roxer juda yaqin masofadan "Real" darvozasi ustunini nishonga oldi. Oradan 5 daqiqa o'tib Rober Per 10 metrlardan zarba yo'lladi. To'p bu safar Kurtua qo'riqlayotgan darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

Birinchi bo'lim tugashiga 4 daqiqa qolganida Karvaxalning uzatmasidan keyin to'p qo'lini baland ko'targan himoyachining qo'liga tegdi. Referi bu vaziyatga ahamiyat bermadi va o'yinni davom ettirdi. Oradan 2 daqiqa o'tib, VAR bo'yicha mutaxassislarning ma'lumot etkazishidan so'ng penalti belgiladi. Benzema 1yo1 metrli jarima zarbasidan samarali foydalanib, hisobni ochdi.

Bo'lim so'ngida yana o'sha Roxer yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, yana bir marta "Madrid" darvozasi ustunini poyladi.

Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida kichik ustunlik madridliklar tomonida bo'ldi, amo "Levante" hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi. Moralesning uzatmasidan keyin Roxer Nachoni ortda qoldirdi va qiyin vaziyatda bo'lishiga qaramay "Real" darvozasini ishg'ol qildi.

Uchrashuvning 71-daqiqasida Junior mezbon jamoa darvozaboni bilan yuzma-yuz holatga chiqib borib, imkoniyatdan foydalana olmadi. Oradan 5 daqiqa o'tib esa "Levante" darvozasi tomon yana bir marta penalti belgiladi. Hakam o'zining qarori to'g'ri ekanini VAR yordamida tekshirib oldi. 11 metrli jarima zarbasini Beyl amalga oshirib, "Qirollik klubi"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Qolgan daqiqalarda mezbonlar hujum tashkil qilishga harakat qilishdi, ammo Solari shogirdlari to'pni yaxshi nazorat qilib, g'alabani ushlab qolishdi. O'yin tugashiga 4 daqiqa qolganida Nacho maydondan chetlatildi va u "el-klasiko"da maydonga tushmaydigan bo'ldi.

Ispaniya La ligasi, 25-tur
Levante – Real Madrid 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 43, penalti Benzema, 1:1 – 60 Marti, 1:2 – 78, penalti Beyl.
Levante – Fernandes, Kabako, Ruben Vezu, Rober, Luna, Bardi (Vukchevich, 89), Rochina (Dukure, 60), Morales, Kampanya, Saymon, Marti (Dvamena, 73).
Real Madrid – Kurtua, Regilon, Karvaxal, Varan, Nacho, Kazemiro, Kroos (Valverde, 69), Vaskes, Modrich, Vinisius Junior (Asensio, 83), Benzema (Beyl, 74).
Ogohlantirishlar: Marti (25), Nacho (28), Rochina (57), Vaskes (68), Pedro Lopes (82), Luna (84).
Chetlatish: Nacho (86), Rochina (88).

BestMaster
25 Fevral 2019, 02:50
liga, penaltilar, «real»ga, galaba, keltirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
vartolu
 vartolu  
Real Haliham N1
25 Fevral 2019, 20:05
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads