Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ga qarshi bahsdan oldin «Ayaks»ning o'yini qoldirilgani raqibga yoqmadi

Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi «Ayaks»ga yordam berishga qaror qildi.

.
- Yuklab olish

Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi «Ayaks»ga yordam berishga qaror qildi.

Amsterdamliklarning Gollandiya chempionati doirasida «Zvolle»ga qarshi 2 mart kuni bo'lishi kerak bo'lgan o'yini 13 martga ko'chirildi. Shu tariqa, "Ayaks" "Real"ga 5 mart kuni bo'ladigan EChL nimchorak finalning javob bahsi oldidan 3 kun emas, bir hafta dam olish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Ammo bu qaror «Zvolle»ga yoqmadi va jamoa Niderlandiya qirollik futbol ittifoqiga shikoyat bilan murojaat qildi. Biroq ittifoq ularning murojaatiga rad javobini berdi.

«Ayaks» esa «Zvolle» muxlislarining Amsterdamga kelib-ketish xarajatlarini qoplab beradigan bo'ldi. Shunga qaramay, raqib jamoa muxlislari norozi bo'lishdi va «De Grafsxap»ga qarshi o'yinda o'z noroziliklarini banner orqali izhor qilishdi: «KNVB – mafiya».

Bundan tashqari, «Zvolle» rahbari Adrian Visser o'z noroziligini ma'lum qildi.

«Bu chempionat ustidan kulish va bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. KNVB musobaqadagi tartibni saqlashi lozim. Endi esa, raqiblardan farqli o'laroq, biz bir haftada 3ta o'yin o'tkazishga majbur bo'lamiz.

Federatsiya bizga murojaat qilib, agar «Ayaks» «Real»ga qarshi o'yinda ijobiy natija qayd etsa, uchrashuvni ko'chirishga rozi bo'lish yoki bo'lmasligimizni so'radi. «Ayaks» esa birinchi bahsda yutqazdi. Agar amsterdamliklar ijobiy natijaga erishganida ham biz o'yinning ko'chirilishiga rozi bo'lmasdik. Men buni o'sha zahoti aytgandim.

Ammo KNVB UEFA va Amsterdam shahar rahbariyatining ijozati bilan press-reliz e'lon qilishga qaror qildi. Bu kulgili. Biz bunga yo'l qo'ya olmaymiz», – dedi Visser.

Gollandiya chempionatining ushbu mavsumida "Ayaks" 53 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "PSV"dan 4 ochko ortda qolmoqda. "Zvolle" esa 25 ochko bilan 15-pog'onani band etib turibdi. Ularni xavfli hududdan atigi 1 ochko ajratib turibdi.

BestMaster
24 Fevral 2019, 10:10
«real»ga, qarshi, bahsdan, oldin, «ayaks»ning, oyini, qoldirilgani, raqibga, yoqmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads