Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Roberto Karlos: «Niyatim — Braziliya terma jamoasini boshqarish» (intervyu)

Karlos — Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi safida to'p surgan oxirgi 30 yillikning eng kuchli futbolchilaridan biri.

.
- Yuklab olish

Karlos — Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi safida to'p surgan oxirgi 30 yillikning eng kuchli futbolchilaridan biri. U futbolchilik davrida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan, ayniqsa, Braziliya terma jamoasi bilan birga to'rt marta jahon chempioni bo'lgan.

Jurnalistlar mazkur sport afsonasi bilan suhbat uyushtirishdi. Intervyu chog'ida Roberto Karlos Braziliya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi ishtiroki, Neymarning iqtidori, Qatarda bo'ladigan mundial, Zidanning murabbiylik faoliyati va boshqa mavzularda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Jahon chempionatida g'olib bo'lganingizda nimalarni his qilgansiz?

— Men 1991 yilda terma jamoada o'ynay boshlaganman. 1994 yilda esa AQShda bo'lib o'tadigan musobaqada ishtirok etuvchi 23-26 nafar futbolchilar orasida bo'lishim mumkin edi, ammo terma jamoaning o'sha paytdagi bosh murabbiysi Alberto Parreyra mening termada o'ynashga yoshlik qilishimni aytdi. O'rnimga esa boshqa bir yosh futbolchi — Ronaldoni olib ketishdi. 1998 yilda esa biz finalgacha etib bordik, ammo hal qiluvchi o'yinda Frantsiya termasiga 0: 3 hisobida yutqazib qo'ydik. 2002 yil esa men uchun eng omadli davr bo'ldi, biz jahon chempioni bo'ldik, umuman, terma jamoamiz bilan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdik. 2006 yilda esa biz jahon chempionatining chorak final bosqichida mag'lubiyatga uchradik, ammo bu vaqtga kelib, mening orzularim amalga oshib bo'lgandi.

Asosiy turnirda bosh sovrinni qo'lga kiritganingizda ko'nglingizdan nimalar kechgan?

— U kunlarni aslo unuta olmasam kerak. Menda kubokni qabul qilib olayotganim aks etgan surat bor. To'g'ri, barcha sardorlar kubokni xursand bo'lib qabul qilishadi, ammo men boshqacha quvonganman. Bolalarcha xursand bo'lganman. O'shanda menga berilgan sovg'alarning hammasi shaxsiy muzeyimda saqlanadi. Bu rasm menga ko'p narsani eslatadi. Terma jamoa libosida jahon chempionligini qo'lga kiritganing, Braziliya va boshqa mamlakatlardan kelgan millionlab muxlislarning seni quvongancha olqishlashi, brazilcha futbolning nimalarga qodir ekanini isbotlaganing — bularni shunchaki so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi. Bu rasmni juda yaxshi ko'raman, chunki u menga birinchi sovrinni qanchalik ko'p kutganimni anglatib turadi.

— Tajribali futbolchilardan qaysi biri, sizningcha, jarima zarbalarini qoyillatib bajaradi?

— Krishtianu! Krishtianu Ronaldu. Hech kim to'pni Ronalduchalik tepa olmaydi. Men, asosan, erlatib zarba yo'llardim, faqat kuchga e'tibor berardim. Ronaldu ham shunday. Faqat uning qachon qanday tepishini hech kim bilmaydi. Yana kim jarima zarbalarini qoyillatib bajaradi?! Bunday o'yinchilarni istagancha uchratish mumkin. Masalan, «Deli Daynamos» jamoasida (Hindiston superligasi ishtirokchisi) shogirdlarim bilan ko'p bora mashq qilardik, ammo ularning zarbalari ko'ngildagidek chiqmasdi.

— Kelajagingizni qanday tasavvur qilasiz?

— Agar menda o'zimni murabbiy sifatida boshqa klubda sinab ko'rish imkoni tug'ilsa, shak-shubhasiz bunga rozi bo'lardim va nimalarga qodir ekanimni isbotlardim. Men zamonaviy murabbiyman, ishim ham yangicha qarashlarga asoslangan. Juda ko'p o'qiyapman, o'z ustimda ishlayapman, ko'plab xalqaro turnirlarni kuzatib boraman, umuman, bor vaqtimni futbolga bag'ishlayman. Mening niyatim qachondir Braziliya terma jamoasini boshqarish. Chunki bu mening kareram va tajribamni oshirishim uchun kerak. Turkiyada yaxshi ishladim, Rossiyada ham hammasi ko'ngildagidek kechdi, qolaversa, Hindistonda ishlab ham ko'p tajriba orttirdim.

— Murabbiylardan qaysi biriga taqlid qilasiz?

— Juda ko'plab murabbiylarni tajribali deb hisoblayman. O'ylashimcha, men uchun eng yaxshilari Gus Xiddink va Visente del Boske. Men o'yinchiman, rahbar emasman. Men Roberto Karlosman va futbolchilarim bilan g'alaba qozonishni istayman. Shogirdlarim meni tushunishini va o'yinimiz yaxshi chiqishi uchun jon-jaxdi bilan harakat qilishini xohlayman. Bu usulim esa aynan Gus Xiddinknikiga o'xshaydi.

— Qatarda olib borilayotgan ishlarni qanday baholaysiz?

— Hammasi juda ajoyib: menimcha Qatar jahon chempionatini o'tkazishga shunchaki a'lo darajada tayyor. Men 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya maydonlarida bo'lib o'tgan jahon chempionatida ham o'ynaganman. O'shanda bizni noqulayliklar anchagina qiynagandi. Masalan, o'yindan keyin doim bir mehmonxonadan boshqasiga ko'chib o'tish uchun kun davomida ovora bo'lardik. Qatarda esa barcha ob'ektlar maksimal darajada metroga yaqin atrofda qurilgan, mehmonxonadan stadionga borish uchun mashinada 40 daqiqa sarflaysiz, xolos. O'ylashimcha, Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati mundiallar tarixidagi eng yaxshisi bo'ladi. Infratuzilmalar kishining ko'zini quvnatadigan darajada. Men tashkilotchilarni a'lo darajadagi tayyorgarlik bilan tabriklashni istardim.

— Jahon chempionatiga tashrif buyurasizmi?

— Albatta. Men hamma o'yinni tomosha qilmoqchiman, chunki bir stadiondan boshqasiga tezda bora olasiz, ya'ni bir kunda uch yoki to'rtta o'yinni ko'rishingiz mumkin. Bu ajoyib imkoniyat.

— Neymar haqida qanday fikrdasiz?

— Sobiq futbolchi va murabbiy sifatida aytishim mumkinki, u juda iqtidorli futbolchi. «Barselona»ga ko'chib o'tganidan keyin Neymarning iqtidori yanada oshdi. Bugun u dunyoning eng kuchli uchta futbolchisidan biri hisoblanadi. U juda tezkor bo'lishi bilan bir qatorda harakatchan ham. Mas'uliyatdan qochmaydi. Messi jarohat olgan paytda aynan Neymar barcha mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi va buni ajoyib tarzda uddaladi.

— Zayniddin Zidan va uning «Real»dagi ishi haqida fikringiz qanday?

— Zidan «Kastilya»da tajriba to'pladi, ammo grant klubning bosh murabbiysi bo'lish boshqa masala. U hozircha yaxshi boshladi va doim ishi ana shunday omadli bo'lishini istayman, men unga yordam berishga hamisha tayyorman. U har doim g'alabalar va sovrinlarga intilib kelgan — bu Zidanning asosiy kuchi, shiori. «Real» o'tgan mavsumdagidan tuzukroq harakat qilishini istardim. Bu klub uni Zidan boshqarayotgani uchun ham o'zini baxtli his qilishi kerak, chunki Zizu futbolchilarni qanday o'ynatishni yaxshi biladi. O'yinchilar Zidanning so'zini erda qoldirmagan holda bir-birini tushunib harakat qilishi lozim. Muxlislar ham Zidanning o'yinchi almashtirish va asosiy tarkibni aniqlash borasidagi qarorlariga e'tiroz bildirishmasin, chunki u futbolchilarning imkoniyatlarini yaxshi baholay oladi.

BestMaster
27 Iyun 2017, 10:00
roberto, karlos, «niyatim, braziliya, terma, jamoasini, boshqarish», intervyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads