Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Penalti qotillari – darvozabonlar. Top 5

.
- Yuklab olish

 Ma'lumki, Evropa klublari kuchli darvozabonlar uchun hech qachon pulni ayashmaydi. Ayniqsa so'nggi yillarda darvozabonlarning narxi juda ko'tarilib ketdi. Baxtga qarshi hamma kuchli darvozabonlar ham penalti borasida ustasi farang emas. Sezganingizdek hozir Penaltilarni yo'qqa chiqaruvchi kuchli darvozabonlar haqida so'z boradi

Andrey Pyatov

«Shaxtiyor» klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni bu top 5 likdan joy olgani ko'pchilikka qiziq tuyilishi mumkin. Darvozabon o'zining noodatiy uslubdagi penaltilarni bartaraf etishi bilan Evropani o'ziga bir necha marotaba qaratishga ulgurdi. U hech qachon muddatidan avval top uchun sakramaydi va oxirigacha to'pning yo'nalishini kutadi. Andrey faoliyati mobaynida 11 metrlik nuqtadan berilgan zarbalarni 32% ni qaytargan ekan.

Benalio

Shvetsariya terma jamoasi darvozaboni so'nggi yillarda bu boradagi mahoratini ko'rsatishda davom etmoqda. 193 sm bo'yga ega ekanligini hisobga olsak, bu uning uchun qo'l kelishi aniq. Darvozabon «Volsburg» klubi safida ham so'nggi mavsumlarda naqd 10 bor penaltilarni yo'qqa chiqarishga muvaffaq bo'lgani so'zimizga isbot bo'la  oladi.

David De Hea


«Manchester Yunayted» darvozaboni o'z faoliyati davomida bir necha yillardan beri dunyoning 1-raqamli darvozaboni sifatida qayd etib kelinmoqda. Uning uzun qo'llari burchakka yo'naltirilgan zarbalarini ustalik bilan bartaraf etishiga ko'p bor guvoh bo'lganmiz. Qahramonimiz o'z faoliyati davomida penaltilarni 36%ni bartaraf etgan ekan. Uning bu boradagi natijalari ham yomon emas.

Samir Handanovich

Bu darvozabon mutloq rekordchi sanaladi. U o'z karierasi davomida deyarli 40 penaltini (38%) o'yinning o'zida bartaraf etishga erishgan. Uning bu boradagi mahorati Italiya «A» seriyasida jamoasiga haligacha qo'l kelmoqda.Samir penaltilarni yo'qqa chiqarishga usta bo'lgani  uchun unga  «O'rgimchak odam» deya laqab ham qo'yishgan. Zamonaviy futbolda hech qaysi darvozabon hali beri uning rekordiga yaqinlasha olmagan. Handanovich 193 sm bo'y va 90 kg og'irlikka ega bo'lsada, juda chaqqon harakat qiladi va jamoasi uchun muhim penaltilarni yo'q qilishda davom etadi.

Igor Akinfeev

Qahramonimizning mashxur bo'lishiga aynan shu omil sabab bo'lgan desak, ishonasizmi? 17 yoshlik Igor «armiyachilar» safidagi debyut o'yinidayoq muhim uchrashuv penaltisini bartaraf etadi va o'sha uchrashuvni eng yaxshi o'yinchisi deb tan olinadi. Futbolchi o'z faoliyati mobaynida terma jamoasi uchun ham bir necha bor o'ta muhim penlatilarni qaytarishga ulgurdi. Ayniqsa, so'nggi JCh da Ispaniyaga qarshi kechgan uchrashuvda lotareyada o'z iqtidorini ko'rsatib qo'ydi. To'gri, Akinfeev o'yinda ko'p xato qiladi, ammo penaltilar seriyasida (35%) o'zini suvdagi baliqdek his etadi. Ko'pchilik uning bu qobiliyati sababini asablarining mustahkamligi evaziga deya hisoblasa, qolganlar uning reaktsiyasi tezligidan deb hisoblashadi. Qahramonimizni  o'z muxlislari oradan yillar o'tsada, qaytargan penaltilari bilan eslab yurishsa, ajab emas.

Ya.U

BestMaster
16 Fevral 2019, 16:50
penalti, qotillari, darvozabonlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
yamac9597
 yamac9597  
De xea 1 o'rin gap yoq
16 Fevral 2019, 18:48
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
OMAD
16 Fevral 2019, 23:04
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
OMAD
16 Fevral 2019, 23:04
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
OMAD
16 Fevral 2019, 23:05
 u_m_I_d_43_43  
De xeaga omad
16 Fevral 2019, 23:59
 http  
De xeada omad
17 Fevral 2019, 11:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads