«Real» himoyachisi Serxio Ramos Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Ayaks»ga qarshi dastlabki o'yinda (2:1) sariq kartochka olgandi. Ispaniyalik futbolchi mazkur bahsdan keyin intervyu berar ekan, ushbu ogohlantirishni ataylab olganiga ishora qilib o'tdi. UEFA esa uning bu so'zlaridan keyin Ramosga nisbatan surishtiruv ishlarini boshladi.
Ushbu sariq kartochka Serxio uchun musobaqadagi uchinchisi bo'ldi. U avtomatik ravishda "Ayaks"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuborib, chorak final oldidan "tozalanib" oladi. UEFA Ramosni aybor deb topsa, unga nisbatan qo'shimcha jazo choralari qo'llanilishi mumkin.
Bundan tashqari, Amterdamda bo'lib o'tgan uchrashuv yakuni bo'yicha har ikkala jamoaga ayblov e'lon qilindi. «Ayaks» muxlislar o'yin davomida maydonga qattiq jismlarni uloqtirishdi, pirotexnika vositasidan foydalanishdi va taqiqlangan banner namoyish etishdi. «Real» fanatlari esa pirotexnikadan foydalanishgan.