Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Azar Madriddan uy qidira boshladi

«Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar Madrid shahridan o'ziga uy qidira boshladi.

.
- Yuklab olish

«Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar Madrid shahridan o'ziga uy qidira boshladi. Bu haqda Okdiario bosh muharriri Eduardo Inda xabar tarqatdi. Belgiyalik futbolchi yozgi transfer paytida katta ehtimol bilan «Real»ga o'tishi haqida avvalroq xabar tarqatilgandi.

«Azar Madriddan uy qidira boshladi. Bu ishda unga Tibo Kurtua yordam bermoqda. Ular yaqin do'st hisoblanadi. Futbolchi ko'chmas mulk bo'yicha agent yolladi. Eden ko'proq shaharning La Finca qismida yashashni istamoqda. U o'sha joydan uy olsa kerak.

Azar uchun boshqa variant ham bor. Agar Garet Beyl "Real"ni tark etsa, uelslik futbolchining uyiga Eden ko'chib o'tadi. Bu o'z tarixiga ega bo'lgan uy hisoblanadi. Azar mazkur xonadonda yashaydigan «Real»ning uchinchi futbolchisiga aylanishi mumkin. Beylga qadar bu uyda Kaka yashagan», – deya xabar tarqatdi Inda.

Yarim himoyachi 2012 yilda 35 million evro evaziga «Lill»dan «Chelsi»ga o'tgandi. 28 yoshli futbolchining hozirgi transfer narxi 100 million evroga baholanmoqda. Azar ushbu mavsumda londonliklar safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 10ta golga assistentlik qildi.

BestMaster
14 Fevral 2019, 21:40
madriddan, qidira, boshladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
yamac9597
 yamac9597  
Statistika zur chunli Azar yarim himoyaci bulib turib wu statistikaga eriwdi bu juda zur natija hujumga yotib olsa vapwe daxwat statistika kursatadi
15 Fevral 2019, 08:48
yamac9597
 yamac9597  
Statistika zur chunli Azar yarim himoyaci bulib turib wu statistikaga eriwdi bu juda zur natija hujumga yotib olsa vapwe daxwat statistika kursatadi Azarni oliw kerak peres kal
15 Fevral 2019, 08:49
vartolu
 vartolu  
Azarni Kutib Olamiz Realga Marhamat Azar Seni Qirollar Kutmoqda Sen Ham Kelsang Qirollar Xonasidan Joy Ajratib Beramiz Omad Transfer
15 Fevral 2019, 15:07
 goldboy  
Azar ralga marhamat
16 Fevral 2019, 07:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads