Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning Turinga ko'chib o'tishi qanday yuz bergandi? «Yuventus» sport direktori aytib berdi

«Yuventus» sport direktori Fabio Paratichi hujumchi Krishtianu Ronalduning transferi qanday yuz berganini aytib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Yuventus» sport direktori Fabio Paratichi hujumchi Krishtianu Ronalduning transferi qanday yuz berganini aytib o'tdi. Portugaliyalik futbolchi o'tgan yilning yozida 117 million evro evaziga «Real»dan Turinga ko'chib o'tgandi.

«Madridda o'ynaganimizda [Evropa chempionlar ligasi-2017/18 chorak final bosqichi doirasida], Jorje Mendesh [Ronalduning agenti] mening yonimga keldi. Men unga «Krishtianu aqlbovar qilmas gol urdi», — dedim. U esa menga qarab turib: «Aytsam ishonmaysiz, lekin Krishtianu, agar boshqa jamoaga o'tishni istasa, «Yuventus»ni tanlashini aytdi. Buni inobatga oling, bu haqda o'ylab ko'ring. Keyinroq yana gaplashamiz», — dedi.

Keyinchalik esa men Joao Kanseluning transferini rasmiylashtirish uchun Mendesh bilan bitta samolyotda uchdim. U yana bir marta jiddiy ohangda:

«Tez orada Ronalduning Madridni tark etishiga guvoh bo'lasiz. Ochiq aytaman, futbolchi faqat «Yuventus» bilan shartnoma imzolashni istaydi. U Angliyaning eng katta jamoasi hisoblangan «Manchester Yunayted»da o'ynadi, keyin esa «Real» sharafini himoya qildi. U faqat buyuk tarixga ega bo'lgan jamoalarda o'ynaydi. U hech qachon Italiyada o'ynamagan va Skudettoni qo'lga kiritishni istaydi. Agar Krishtianu sizlarga kerak bo'lsa, u shu erda», — dedi.

Men esa unga: «Yaxshi. Unday bo'lsa, biz buni muhokama qilishimizni Krishtianuga ayting», — dedim.

Albatta, men uning aytganlarini eslab qoldim va Ronalduni qo'lga kiritish ishtiyoqi yuzaga keldi. Keyingi muzokaraga esa men tayyor holatda keldim.

«Bu – maosh, bu – transfer summasi», – dedi Mendesh.
«Bir necha kundan keyin senga javob beraman», – dedim men. Men «yo'q» demadim, aks holda u boshqa variant qidirishni boshlagan bo'lardi», – dedi Paratichi.

Ushbu mavsumda Ronaldu «Yuventus» safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi.

BestMaster
12 Fevral 2019, 23:00
ronalduning, turinga, kochib, otishi, qanday, bergandi?, «yuventus», sport, direktori, aytib, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 xalidjon  
Gap yoq Ronalduga omad tilaymiz bundan ham ko'p yutuqlarga e'rishsin faqat omad realga ham omad realning muxlislariga ham omad Real homer 1
13 Fevral 2019, 09:52
 xalidjon  
Gap yoq Ronalduga omad tilaymiz bundan ham ko'p yutuqlarga e'rishsin faqat omad realga ham omad realning muxlislariga ham omad Real nomer 1 realga teng keladigan biron klub o'zi pachti qolmadi
13 Fevral 2019, 10:00
vartolu
 vartolu  
Roni Realga Kelsa Zo'r Bo'lardida
13 Fevral 2019, 15:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads