Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» Madrid derbisini ishonch bilan o'z foydasiga hal qildi

Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida «Real» safarda «Atletiko» klubi mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida «Real» safarda «Atletiko» klubi mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Bu orqali Solari shogirdlari bugungi kunga kelib, o'zlarining eng yuqori formalariga chiqib olayotganini isbotlashmoqda.

"Qirollik klubi" bundan 3 kun avval "Barselona"ga qarshi o'yin o'tkazgan bo'lsa, "matraschilar" bir hafta dam olishgandi. Mezbonlar raqibda charchoq alomati bor deb hisoblashdi shekilli, ular o'yin boshidan kuchli pressing qo'llab, tezkor gol urib olishga harakat qilishdi.

Ammo nisbatan tezkor golni mehmonlar urishdi. Burchak to'pi o'yinga kiritilganidan so'ng Ramos bosh bilan to'p yo'nalishini o'zgartirdi, Kazemiro esa chalqancha uslubda darvozani ishg'ol qildi. Oradan 9 daqiqa o'tib Grizmann yakkama-yakka vaziyatda Kurtuani dog'da qoldirdi va hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo'lim tugashiga 3 daqiqa qolganida Ximenes o'z jarima maydonchasi ichida Juniorni yiqitdi. Belgilangan penaltini Ramos aniq amalga oshirib, "Real"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo'limda Alvaro Morata birga-bir vaziyatda mehmonlar darvozasini ishg'ol qilgandi. Ammo VAR tizimi ofsaydni qayd etdi va gol bekor qilindi.

Bahsning 74-daqiqasida Modrichning uzatmasidan keyin  Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va o'tkir burchak ostida aniq zarba berdi — 1:3. O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Tomas Parti ikkinchi "sariq" tufayli maydondan chetlatilishi tufayli "Atletiko" maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi.

Natijada "Real" muhim g'alabani qo'lga kiritib, 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Ketma-ket ikkinchi o'yinda mag'lub bo'lgan Simeone jamoasi 3-o'ringa tushdi.

Ispaniya La ligasi, 23-tur
Atletiko – Real Madrid 1:3 (1:2)
Gollar: 0:1 – 16 Kazemiro, 1:1 – 25 Grizmann, 1:2 – 42, penalti Ramos, 1:3 – 74 Beyl.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Aryas, Godin, Parti, Saul, Lemar (Vitolo, 59), Korrea (Rodri Ernandes, 65), Morata (Kalinich, 71), Grizmann.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Vaskes, Kroos (Sebalos, 84), Vinisius Junior (Beyl, 57), Benzema (Dias, 89).
Ogohlantirishlar: Vaskes (22), Grizmann (24), Ximenes (41), Lyuka Ernandes (58), Parti (62), Regilon (64), Modrich (66), Morata (68), Saul (72).
Chetlatish: Parti (80).

BestMaster
9 Fevral 2019, 22:20
liga, «real», madrid, derbisini, ishonch, bilan, foydasiga, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 17
12 >>
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:44
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:45
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:45
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:45
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:46
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:46
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:47
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:47
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:48
yamac9597
 yamac9597  
Realga omad
17 Fevral 2019, 10:48
12 >>
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads