Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Marseloga nima bo'lmoqda?!

.
- Yuklab olish

Braziliyalik qanot himoyachisi so'nggi paytlarda sira o'ziga o'xshamayapti. Bu esa o'z-o'zidan asosiy tarkibdagi joyini yo'qotishiga olib kelmoqda. Sezgan bo'lsangiz, Solari boshchiligidagi «Real Madrid» uning xizmatlarisiz ham g'alabalarga erishmoqda. Keling hammasi haqida tartib bilan.

«El-Klassiko»lardagi eng sust uchrashuv

O'sha kuni Marselo o'z qanotida 18 bor to'p uchun kurashga kirishgan bo'lsa, shularning atigi 6 tasida engib chiqqan. Bu so'nggi 13 ta «El-Klassiko»dagi eng past ko'rsatkich. Avvalgi to'qnashuvlarda Marselo Neymar, yoki Messiga qarshi qanotlarda o'ynagan bo'lsada, uchrashuv mobaynida o'z qanotidagi 20 ta vaziyatning 16 yoki 17 tasini yutib chiqqan ekan. O'sha kuni Marselo hujumda naqd 7 bor to'pni oldirib qo'ygan bo'lsa, atigi 3 bor hujum boshlovchi paslarni amalga oshirgan. Bu Braziliyalik futbolchining so'nggi 5 yildagi eng yomon ko'rsatkichlaridan biri.

Tezlikning pasayishi va to'liq tiklanmagan forma

«Real Madrid» bu mavsumni juda yomon start bilan boshladi. Jamoa birin- ketin ochkolar yo'qota boshladi. Ayniqsa, Lopategi boshchiligida o'tgan ilk «El-Klassiko»da esa sharmandali mag'lubiyat qabul qilib olindi. «Qaymoqranglilar» safidagi futbolchilarning yomon o'yinlari evaziga Marseloning o'yinidagi pasayish avvaliga bilinmadi. So'ng Solari jamoa postiga kelgach, futbolchilar sekin- asta o'z formalariga qayta boshlashdi. Faqat Marselogina avvalgi darajasiga chiqa olmadi. Solari futbolchining ketma-ket yutilgan kuboklardan eyforiyaga berilib ketdi deb o'yladi shekilli, zahira o'rindig'iga joylashtirdi.

Bu qaror o'zi shundog'am o'z o'yinini topa olmayotgan futbolchiga sezilarli zarba bo'ldi va Marseloni esankiratib qo'ydi. «Espaniyol»ga qarshi uchrashuvda uning o'rnida harakat qilgan Serxio Reguilon uchrashuvni juda yaxshi o'tkazdi va Marselo uchun yangi raqobatchi paydo bo'lganini hammaga ko'rsatib qo'ydi. Yosh bo'lishiga qaramasdan Serxio «La Liga» da 8 ta uchrashuvda maydonga chiqib 2 ta golli pas berishga ham ulgurdi.

Marselo esa o'zining qanotlardan huddi samolyot singari uchishlarini sog'inayotganini ko'p bor ta'kidlamoqda. Afsuski , agar voqealar shu ketishda davom etsa, Solari qo'l ostida biz avvalgi Marseloni boshqa ko'rmasak, ajab emas.

Solari va Marseloning munosabatlari qanday?

Iskodan farqli o'laroq Solari Marseloning pastga sho'ng'ib borayotganidan havotirda. U so'nggi intervyularidan birida qahramonimizning formasini yo'qotib qo'ygani haqidagi savolga:

«U klubimizdagi o'yinchilar uchun namuna bo'la oladi. U Madridni hamma narsadan ustun qo'ya oladi va hurmat qiladi. Biz hamma futbolchilar o'z formalarini tiklab olishi uchun harakat qilmoqdamiz. Shaxsan men avvalgi Marseloni ko'rishni istayman», - deya chiroyli javob berdi.

Futbolchi va murabbiyning do'stona munosabatda ekanligi haqida Evropaning ko'plab nashrlari bong urishmoqda. Marselo ham o'z navbatida yangi murabbiy manziliga ilq so'zlar yo'lashdan charchamayapti.

Marselo yana qaytadimi?

Solarining taktik uslubida qanot himoyachilarining tutgan o'rni Zidan yoki Anchelottinikidan ancha farq qiladi. Zizu uni qanotda istagan ishini amalga oshirishga ruhsat berar, Marselo esa yoyilib o'ynayotgan jamoadoshlari ochib bergan zonalardan yorib kirar edi. Zizu davrida ham qahramonimiz himoyaga har doim ham katta urg'u bermas, lekin hujumdagi faolligi evaziga kamchiliklari yopilib ketar edi.

Solari esa ehtiyotkor va o'ta tartibli o'yin tashkil qilmoqda. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, Marselo singari ijodkor himoyachilar o'rnini Reguilon singari taktik ko'rsatmalarni to'liq bajaradigan yosh futbolchilar egallaydi. Marseloning oldida hozirda ikkita yo'l turibdi. Biri iloji boricha tezroq klubni almashtirish, (bu klub katta ehtimol bilan «Yuventus»”) yoki o'z uslubidan to'liq voz kechib klassik qanot himoyachisiga aylanish.Agar shu ikki yo'ldan birini tanlamasa, shirin xotiralar og'ushida o'z iqtidorini vaqtga yutkazib qo'yganini ham sezmay qoladi. Biz futbolchining kelajakdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

BestMaster
9 Fevral 2019, 19:40
marseloga, nima, bolmoqda?!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
yamac9597
 yamac9597  
Tug'ri Real hatto Ranaldosiz ham yaxwi formasini tiklap oldi tug'ri jamoada ozgina tuwkunlik buldi bunga sabab Ranaldoni Zidanni ketgani murabbiylar almawinuvi dib uylayman bu mani fikrim
11 Fevral 2019, 09:45
 @king  
Lekin Peres ham otirib qoydi
12 Fevral 2019, 18:58
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads