Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Benzema nega aynan Islom dinini qabul qilgan?

Bugun yurtimizda Ramazon hayiti keng nishonlanmoqda. Biz shu munosabat bilan Islom dinini qabul qilgan futbolchilarning ayrimlariga to'xtalib o'tamiz.

.
- Yuklab olish

Bugun yurtimizda Ramazon hayiti keng nishonlanmoqda. Biz shu munosabat bilan Islom dinini qabul qilgan futbolchilarning ayrimlariga to'xtalib o'tamiz.

Karim Benzema futbol olamida islom dinini qabul qilgan futbolchi sifatida tanilgan. Futbolchining o'zi bu haqda shunday deydi: “Men, aslida, jazoirlikman. Bolaligimiz qiyin kechgan. Ota-onam og'ir damlarimiz o'tib ketishini so'rab tinimsiz iltijo qilishardi”. Ha, bundan ko'rinib turibdiki, Islom dini Karimga bolaligidan yo'ldosh va najotkorlik timsoli bo'lgan. Shuningdek, Karim Benzema bolaligidan aynan shu dinga e'tiqod qilar ekan. Ya'ni u azaldan islom dini vakili bo'lgan. Ayni damda uning xarakterida muqaddas din ta'siri seziladi, u uncha-bunchaga jahllanmaydi, noxush voqealarga aralashmaydi va har xil “ishqiy sarguzasht”larni boshdan kechirmaydi.

Frank Riberining islom dinini qabul qilganini ko'pchilik nemis klubi chempionlikni nishonlaganida bilgandi. O'shanda “Bavariya” g'oliblikni tantana qilayotgan bir paytda nemislarning an'anasiga ko'ra “shampan vinosi yomg'iri” boshlanib ketdi. Ammo Riberi bu voqeaga qo'shilmay, chetda turgandi. Biroq shu payt nemis klubi himoyachisi Jerom Boateng Riberining boshidan shampan vinosini quydi. Riberi esa unga jahl qilib nimalardir deb tortishib ketdi.

Bu voqea bir zumda shov-shuvga aylandi. Kimdir Jeromni aybladi, kimdir Riberini. Bu mojaroga esa Jeromning akasi Kevin Prins Boatengning ukasiga aytgan gapi yakun yasadi: “Nega bunday qilding, ahmoq, axir Riberi musulmon-ku!” Ha, aynan shu yozuvdan keyin hamma ayb Jeromdan o'tgani ma'lum bo'ldi. Keyinchalik Riberining aytishicha, u Jeromga vino unga mumkin emasligini aytgan, biroq jamoadoshi bunga parvo qilmagan. Keyinchalik Riberi barcha ginalarni unutib, Jerom bilan gaplashib ketdi, axir ming qilsa ham musulmon-da.

Yana bir musulmon futbolchi bu Riyoz Mahrez. “Lester” yarim himoyachisi yoshligidan Islom dini bilan tanish. Xuddi Benzema singari uning ota-onasi ham aynan Islom diniga sig'ingan. Ayni damda uning mashhur futbolchi bo'lib etishishida ota-otasining iltijolarining ham o'rni katta bo'lsa ajab emas.

BestMaster
26 Iyun 2017, 13:00
benzema, nega, aynan, islom, dinini, qabul, qilgan?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
Nosirov
 Nosirov  
E qoyil jonila omon busn.
27 Iyun 2017, 00:07
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads