Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ernesto Valverde: «Hali hech narsa hal bo'lmadi»

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Messining ahvoli qanaqa?
— Barchasi joyida. Lekin bugungi o'yinda biz tavakkal qilishni istamadik. Uning oyog'ida kichik og'riq bor edi. Shu bois, uni asosiy tarkibda tushirmaslikka qaror qildim. U ikkinchi bo'limda maydonga tushganida o'yin taqdirini hal qilishi mumkin edi. Har safar u to'pni qabul qilganida, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishiga ishonamiz.

— Bugungi natijani qanday baholaysiz?
— Albatta, raqib tezkor gol urar ekan, sen hisobni tenglashtirsang — bu yaxshi. O'yin boshida "Real" uzoq vaqt to'pni nazorat qildi. Keyin esa raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yarata boshladik. Barchasi bizning qo'limizga o'tganidan keyin esa hisobni tenglashtirdik.

— Javob o'yini oldidan ustunlik kim tomonda?
— Hali hech narsa hal bo'lmadi. Shu bois, favorit yo'q. Jamoalar qanday kuchga ega ekanini inobatga olsak, hozircha biror narsa deyish qiyin. Uchrashuv og'ir bo'lishini bilgandik.

— Malkom va Semedu haqida nima deya olasiz? Nelson raqobatda Serji Robertodan ustun kelmoqdami?
— Biz ulardan ko'p narsa kutyapmiz. Semeduning o'yiniga o'zgartirishga harakat qildik. Bugungi gol esa Malkomga yordam beradi, deb umid qilamiz. Imkoniyatlar hamisha mavjud.

Jamoamizga yangi qo'shilgan futbolchilar uchun o'yinimizga kirishib ketish hech qachon oson bo'lmaydi. Boisi, biz maydonning kichik qismida harakatlanishimiz lozim. Semeduning salohiyati ulkan. U tezkor va uni aldab o'tish qiyin.

Men raqibdan kelib chiqib futbolchi bajarishi kerak bo'lgan ishlarni chamalayman va shu asosda futbolchi tanlayman. Kattaroq bo'sh zonaga ega bo'lganimizda Semeduning foydasi ko'proq tegadi, deb hisobladim. Bor gap shu.

— Messi «Atletik» bilan o'yinda maydonga tushadimi?
— Bilmadim. Ammo bunga umid qilaman.

— Artur va Koutinoning o'yiniga baho bersangiz.
— Artur to'pni nazorat qilishda bizga yordam beradi. Shuningdek, vaziyat yaratishda ham uning foydasi tegadi. Bugungi o'yinda bizga katta kuch va bosim kerak edi. Shu bois, Arturni tanladim.

Koutino haqida ko'p o'yladim. Chunki undan ko'p narsa kutishmoqda. Unga e'tibor yuqori. O'ylashimcha, u o'sishda davom etmoqda. U 2-3ta vaziyatga ega bo'ldi. Barcha ham xato qiladi.

BestMaster
7 Fevral 2019, 09:10
ernesto, valverde, «hali, hech, narsa, bolmadi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
yamac9597
 yamac9597  
BERNABEO ga ke xal qivoradi REAL
7 Fevral 2019, 15:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads