Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya kubogi. Dastlabki «klasiko»da durang qayd etildi

Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida dastlabki "el-klasiko" "Kamp Nou"da bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida dastlabki "el-klasiko" "Kamp Nou"da bo'lib o'tdi. "Barselona" bosh murabbiyi Valverde 3 kun oldin engil jarohat olgan Messiga nisbatan tavakkal qilishni istamadi va uni zaxirada qoldirdi. Solari ham boshlang'ich tarkibda kutilmagan ayrim qarorlarga qo'l urdi. Jumladan, Kazemiro o'rniga Lorente, Beyl o'rniga Junior tushirildi.

Uchrashuvning ilk daqiqalarini faol o'tkazgan "Real"  tezkor gol urishga muvaffaq bo'ldi.Vinisiuks Junior o'ng qanotdan havolatib "Barsa" jarima maydonchasining olis ustuni tomon uzatma berdi. Langle to'p uchun sakradi, ammo uning ortida turgan Benzema to'pni egalladi va darvozabon maydonchasiga etkazdi. Himoyachilarni ortda qoldirgan Vaskes darvozani ishg'ol qildi!

Mazkur gol taktik jihatdan "Madrid"ga ustunlikni taqdim qildi. Ular ishonchli himoyalanib, qarshi hujumdan foydalanish payida bo'lishdi. Bahsning 20-daqiqasida esa Malkom ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Suaresning uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo uning zarbasini Keylor Navas bartaraf etdi. Uchrashuvning 32-daqiqasida esa Malkom o'ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Rakitich bosh bilan yo'llagan zarbadan keyin to'p to'singa tegib qaytdi. Oradan 3 daqiqa o'tib "ko'k-anorranglilar" Malkomning faolligi evaziga yana bir golga tortadigan yaratishdi. Suares tomonidan 15 metrlardan burchak tomon yo'llangan aylanma zarbani Keylor ajoyib seyv bilan qaytardi.

Ikkinchi bo'limda, kutilganidek, kataloniyaliklar faollikni yanada oshirishdi. Bahsning 57-daqiqasiga kelib "Real" himoyasi raqib hujumini o'tkazib yubordi. Olis masofadan etkazilgan uzatma natijasida Alba birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Navas zarbani qaytardi. To'pga birinchi bo'lib etib kelgan Suares jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To'p yaqin ustunga tegib, narigi tomonga ketdi. Malkom to'pga etib keldi va chap oyoqda zarba berib, darvozani ishg'ol etdi. Keylor joyiga qaytishga ulgurmagandi.

Shundan so'ng maydonga Messi va Beyl tushirildi. Ularning bahsga qo'shilishi o'yinning borishiga ta'sir ko'rsatdi, ammo hisob boshqa o'zgarmadi. Javob uchrashuvi 27 fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi. Final yo'llanmasi taqdiri o'sha kuni hal bo'ladi.

Ispaniya kubogi, yarim final, dastlabki o'yin.
BARSELONA - REAL MADRID 1:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – 6 Vaskes, 1:1 – 57 Malkom.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur, Buskets, Koutino (Messi, 63), Rakitich (Vidal, 63), Malkom (Alenya, 76), Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lorente (Kazemiro, 63), Vaskes (Asensio, 84), Modrich, Vinisius Junior (Beyl, 64), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ramos (10), Nelson Semedu (43), Suares (56), Marselo (57), Alba (58), Vidal (88).

BestMaster
7 Fevral 2019, 03:00
ispaniya, kubogi, dastlabki, «klasiko»da, durang, qayd, etildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
shoxcr7real
 shoxcr7real  
HASTA EL FINAL VAMOS REAL
7 Fevral 2019, 04:08
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads