Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«El-Klassiko» haqida futbolchilarning iqtiboslari…

.
- Yuklab olish

Bu uchrashuv oldidan «El-Klassiko» havosidan nafas olgan mashhurlarning aynan shu o'yin haqida aytgan fikrlarini e'tiboringizga havola etamiz.

Xavi

Biz uchun «Real Madrid»ning va «El-Klassiko»ning mavjudligi ayni muddao. «La Liga» bahslarida shunday kuchli klubning borligi biz uchun doimiy hushyorlikni talab etadi.

Visente Del Boske

Bu yigitlar «El-Klassiko»da qaqshatqich kurash olib borishlari mumkin, lekin maydondan tashqarida ular do'st. Terma jamoada esa bir bayroq ostida elkama-elka turib jang qiladigan haqiqiy jangchilar.

Deko

«Bu Ispaniya klassikosi emas, balki bu butun dunyo klassikosi. Uni hamma ko'rishni xohlaydi. Sababi, bu uchrashuvlar huddi ChL finalidek hayajonli o'tadi. Seni 110 ming muxlis olqishlab turgan chog'da orqaga yo'l yo'q ekanligini ich-ichingdan sezasan va g'alaba uchun harakat qila boshlaysan…»

Stiv Makmanaman

«Kuchli qarama-qarshilik. Biz Kataloniyaga borganimizda bizni qurolli kuchlar himoya qilardi. To'g'risi, tezroq o'yin tugab, ortga qaytish haqida o'ylardim…»

Fernando Erro

«Sizni yomon ko'radigan 100 ming muxlislar qurshovida o'ynash juda ham og'ir. Kataloniyadagi o'yindan so'ng, bizdagi hayajon ikki kungacha bosilmasdi…»

Kristiyano Ronaldo

«Bu buyuk to'qnashuv. Bu uchrashuvda men yoki Messi ishtirok etmasada, bu o'yin buyukligini zarracha yo'qotmaydi. Bu uchrashuv bizdan oldin ham buyuk edi, bizdan keyin ham shundayligicha qoladi.»

David Bekham

“«Barselona» kuchli jamoa, ayniqsa, o'z uyida qanday o'ynashni biladi. Ular bizga qarshi ikki hissa kuch bilan harakat qilishardi. To'g'risi, ularga qarshi kechgan birorta oson o'yinni eslay olmayman ”

BestMaster
6 Fevral 2019, 21:10
«el-klassiko», haqida, futbolchilarning, iqtiboslari…,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Hamma afsonalardan afsonaga tatigulik fikrlar
6 Fevral 2019, 21:48
 azra  
Real omad senga
6 Fevral 2019, 21:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads