Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«El-klasiko». Murabbiylar ishtirokidagi matbuot anjumani (FOTO)

Bugun tunda Kataloniyada Ispaniya kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Bugun tunda Kataloniyada Ispaniya kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda mamlakatning eng kuchli ikki klubi "Barselona" va "Real" klublari bahs olib boradi. Ikki jamoa bosh murabbiylari uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Ernesto Valverde Messi haqida: Agar Messi o'zini yaxshi his qilsa u maydonga tushadi. Oldinda yana bir mashg'ulot bor. Agar u to'liq yuklamalarga tayyor bo'lsa, shunga qarab ish tutamiz. Ba'zida oxirigacha kutishga to'g'ri keladi. Lekin men o'z etakchim bilan tavakkal qilmoqchi emasman. Oldinda hali o'yinlar juda ko'p.

Santyago Solari: “Barselona”ga qarshi uchrashuv qiyin bo'lishi aniq. Messi? Yaxshi futbolchi har bir uchrashuvda ishtirok etgani yaxshi. Messi bizning o'yinimizga xalal bermaydi. Bu xuddi, River - Boka, Inter - Milan singari katta o'yin bo'ladi. Biz bunday o'yinlarda maydonga tushishni yaxshi ko'ramiz.

Ernesto Valverede: Ushbu to'qnashuvda favorit yo'q. Bizda ham, raqib jamoa safida ham ajoyib o'yinchilar bor.

Taqvim haqiqatan ham qiyin. Nazarimda, mavsumning eng hal qiluvchi pallasi boshlanmoqda.

Santyago Solari taqvim haqida: Raqibga nisbatan bir kun kam dam olayotganimiz — juda qiziq. Umid qilaman, bu ataylib qilinmagan. Bu savolni taqvim tuzayotgan odamlarga bersangiz yaxshi bo'lardi. Bizning vazifamiz — o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilishdan iborat.

Ernesto Valverede Artur haqida: Artur? Uning ambitsiyalari yuqori va hamisha to'p bilan harakat qilishni istaydi. U jamoaning o'yiniga yaxshi moslashib ketdi va Arturning foydasi ko'p tegmoqda.

Santyago Solari: Taktik jihatdan syurprizlar bo'lishini hech qachon oldindan aytib bo'lmaydi. Bu faqat bir jamoaga bog'liq emas. Chiroyli o'yin ko'rsatishni istaymiz. Bu klasiko, undan barcha rohatlanishini xohlaymiz: chiroyli o'yin namoyish qilib, g'alaba qozonmoqchimiz.

Eslatib o'tamiz, mazkur bahs  6 fevraldan 7 fevralga o'tar kechasi 01:00da boshlanadi.

BestMaster
6 Fevral 2019, 13:10
«el-klasiko», murabbiylar, ishtirokidagi, matbuot, anjumani, foto,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Salari vavwe zo'r
6 Fevral 2019, 15:07
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Olg'a Madridistlar
6 Fevral 2019, 15:08
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads