Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Santyago Solari: «Chiroyli o'yin namoyish qilib, g'alaba qozonmoqchimiz»

"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida
«Taktik jihatdan syurprizlar bo'lishini hech qachon oldindan aytib bo'lmaydi. Bu faqat bir jamoaga bog'liq emas. Chiroyli o'yin ko'rsatishni istaymiz. Bu klasiko, undan barcha rohatlanishini xohlaymiz: chiroyli o'yin namoyish qilib, g'alaba qozonmoqchimiz».

Klasiko haqida
«Klasiko – bu o'zaro yuqori raqobatga ega bo'lgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvi: «River» – «Boka», «Inter» – «Milan», «San-Lorentso» – «Urakan», va tabiiyki, «Real Madrid» – «Barselona», «Real Madrid» – «Atletiko».

Bugun jamoa qozongan jamoa La ligada ham ustunlikka erishadimi?
«Bu ikki xil musobaqa. Biz barcha musobaqalarda g'olib chiqishni istaymiz. Har bir turnirga jiddiy yondashamiz. Avvalgi bahslarda bo'lganidek yaxshi o'yin ko'rsatamiz. Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi oldidan yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishimiz kerak. Ammo kelajakni o'ylamasdan, "Kapm Nou"dagi o'yin muhim ekanini tushunishimiz lozim».

Tarkib borasida
«Valexo o'yinga tayyor. Deyarli barcha futbolchilar safga qaytganidan xursandmiz. Hamma o'yinchilar maydonga chiqishga tayyor bo'lsa, mening vazifam yanada qiyinlashadi. Barcha futbolchilar jamoa manfaati uchun o'zining bor iqtidori, imkoniyati va kuchini sarf qilishi lozim».

Taqvim haqida
«Raqibga nisbatan bir kun kam dam olayotganimiz — juda qiziq. Umid qilaman, bu ataylib qilinmagan. Bu savolni taqvim tuzayotgan odamlarga bersangiz yaxshi bo'lardi. Bizning vazifamiz — o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilishdan iborat».

Lionel Messi haqida
«Eng yaxshi futbolchilarning maydonda bo'lishi — bu har doim yaxshi. Messi o'ynadimi yoki yo'qmi — bu holat bizning tayyorgarlik jarayonimizga aslo ta'sir o'tkazmaydi».

BestMaster
6 Fevral 2019, 08:50
santyago, solari, «chiroyli, oyin, namoyish, qilib, galaba, qozonmoqchimiz»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
dxx
 dxx  
Omad Solari
6 Fevral 2019, 12:30
dxx
 dxx  
VA REAL JAMOSIGA
6 Fevral 2019, 12:31
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Chiroyli o'yin menga yoqdi Mesi biz chun ahamiyatga ega mas
6 Fevral 2019, 15:00
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Bugun hammaga omad
6 Fevral 2019, 15:01
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Tig'iz taqvim qiyin bugani bilan hamma vaziyatdan chiqib ketsa bo'ladi
6 Fevral 2019, 15:02
yamac9597
 yamac9597  
Omad Real
6 Fevral 2019, 22:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads