Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barselona» - «Real Madrid». Bu mavsum jamoalar statistikasi

.
- Yuklab olish

Xabaringiz bor, ertaga tunda – 6-fevraldan 7-fevralga o'tar kechasi «Barselona» – «Real Madrid» o'yini bo'lib o'tadi. Bu kuni butun futbol olamining nigohi Kataloniya shahriga qaratilsa, ajab emas!

Bu mavsum statistikasi

«Barselona» qatorasiga to'rt yildan beri Ispaniya kubogi g'olibi bo'lib kelmoqda. Agar bu yilgi turnirda ham chempion bo'la olsa, bu g'oliblik «Barsa» tomonidan o'rnatilgan yana bir rekordlar qatoriga qo'shiladi. Eslatib o'tamiz, Ispaniyada hali hech qaysi klub qatorasiga besh marotaba kubok bahslarida g'olib chiqmagan.

Klublar Ispaniya kubogi doirasida 35 marotaba to'qnash kelishgan. Ularning 15 tasida «Barselona» g'alaba qozongan bo'lsa, 12 ta uchrashuvda esa «Real Madrid» ustun kelgan. Qolgan 7 ta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. «Qirollik» klubi yarim final ostonasida «Jirona» jamoasini ortiqcha qiyinchiliksiz (uyda 4 : 2, mehmonda 1 : 3) mag'lubiyatga uchratgan. «Barsa» «Seviliya»ga mehmonda kechgan o'yinda minimal hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, javob uchrashuvida kim aslida kim ekanligini ko'rsatib qo'ydi (6 : 1) va yirik hisobda g'alaba qozondi.

Chempionatda «Barselona» 50 ochko bilan 1-pog'onada bormoqda. «Real Madrid» esa 42 ochko bilan 3-o'rinda. La Liga doirasida o'tkazilgan 22 tur mobaynida Valverdi shogirdlari raqiblar darvozasini 60 marotaba ishg'ol qilishdi. O'z darvozalaridan23 bor to'p olib chiqishga to'gri keldi. Umumiy hisobda esa + 37. «Qaymoqranglilar»da bu ko'rsatkich + 11 ga teng.

Bu mavsum La Liga da Messi to'purarlar poygasida yaqqol peshqadam. Uning hisobida 21 ta gol mavjud. «Real Madrid» jamoasi sharafini himoya qilayotgan Karim Benzema hisobida esa 10 ta gol mavjud. Kubok bahslarida esa aksincha, statistik natija. Karim Benzema bu mavsum kubok bahslarida 4 bor darvozani ishg'ol qilgan bo'lsa, Vinitsius Junior hisobida 6 ta golli uzatma mavjud. Messi hisobida Ispaniya kubogi (yoki Qirol kubogi) doirasida 2 ta gol mavjud. Rakitich esa 4 bor golli uzatmani amalga oshirgan

BestMaster
5 Fevral 2019, 17:30
«barselona», «real, madrid», mavsum, jamoalar, statistikasi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads