Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos «Real» bilan yangi shartnoma imzolaydi va klub rekordini o'rnatishi mumkin

"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres ma'lumot berishicha, Serxio Ramos yaqin kunlarda "Real" bilan yangi shartnoma imzolaydi.

.
- Yuklab olish

"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres ma'lumot berishicha, Serxio Ramos yaqin kunlarda "Real" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Kelishuv 2021 yilga qadar amalda bo'ladi.

Yangi shartnomada futbolchining maoshi oshiriladimi yoki yo'qmi, hozircha bu noma'lum. 31 yoshli himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Qo'shimcha sifatida shuni ta'kidlash lozimki, Serxio Ramos "Real" afsonasi Manolo Sanchisning rekordini yangilashi mumkin. Manolo Sanchis "qaymoqranglilar" safida 18 mavsum to'p surgan. Serxio Ramos ushbu natijani yangilashi uchun 37 yoshigacha "Real"da o'ynashi lozim.

Serxio Ramos 2005 yilda "Sevilya"dan "Santyago Bernabeu"ga ko'chib o'tgandi. Bu davr mobaynida u "qaymoqranglilar" safida 522ta o'yinda maydonga tushib, 68ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

BestMaster
26 Iyun 2017, 12:00
ramos, «real», bilan, yangi, shartnoma, imzolaydi, klub, rekordini, ornatishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads