Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Uyingga o't tushsin, Messi! (hajviya)

Eshmat telefon qo'ng'irog'idan uyg'onib ketdi. Istar-istamas telefoni ekraniga qaradi: «Kokil».

.
- Yuklab olish

Eshmat telefon qo'ng'irog'idan uyg'onib ketdi. Istar-istamas telefoni ekraniga qaradi: «Kokil». Oshnasi qo'ng'iroq qilayotgan ekan. Sochini turlicha turmaklab yurgani uchun unga shunday laqab qo'yib olishgan. «Biror zaril ishi bo'lsa kerak-da, bo'lmasa, yarim tundayam qo'ng'iroq qiladimi?» deya o'ylagan Eshmat yashil tugmachani bosdi:

— Eshmat, Messi zo'rmi, Ronaldumi?

Eshmatning miyasiga birov to'qqizlik mixni qo'yib, ustidan bolg'a bilan tushirgandek bo'ldi.

— Nima?! — dedi baqirib. — Nima deding?! Qaytar?!

— Messi zo'rmi, Ronaldu, shuni so'ramoqchi...

«Kokil» gapini tugatib ulgurmadi. Eshmat ichidagi dardlarini qo'shib, alamini oldi:

— Boshqa payt topa olmadingmi so'rashga?! Men qaerdan bilaman qaysi biri zo'rligini?!

— Axir sen futbol mutaxassisisan-ku! Shunga...

— Nima, futbolni bilsam uxlamasligim kerakmi?

Eshmat telefonni jahl bilan o'chirdi. Boshini qayta yostiqqa tashladi, ammo uyqusi kelmadi. Televizorni yoqqandi, futbol berayotgan ekan. Yana «Real» bilan «Barselona» o'ynayapti. Eshmat bir muddat futbol ko'rgisi keldi, ammo...

Sharhlovchi to'p Ronalduga tegishi bilan yanada mahmadona bo'lib ketdi: «To'p hozir Ronalduda. Ammo undan to'pni Messi olib qo'ydi. Intrigani qarang, Messi Ronalduni to'psiz qoldirdi. Xo'sh, shu o'rinda savol tug'iladi, kim kuchli, Ronaldumi yoki Messi? Nima deb o'ylaysiz?»

Shu gapni eshitgan zahoti Eshmatning bosh og'rig'i yana qo'zg'aldi.

— Men qaerdan bilaman? — deya baqirgancha televizorniyam o'chirdi-da, joyiga yotib, ustiga ko'rpani tortdi.

Shu kuni uyqu ham tatimadi unga. U yoniga ag'darilsa, Ronalduni, bu yog'iga ag'darilsa, Messini ko'radi. Bir amallab tong ottirdi.

Ertalab bo'lishi bilan odatiy makoni — choyxonaga otlandi. Choyxona ulfatlari bilan to'la ekan. Bir to'da erkaklar to'planib, nimaningdir ustida bahslashishardi.

— Menga qara, — derdi Barot degan qassob doiradek keladigan kaftini pesh qilib, — kecha Messining harakatlarini ko'rdingmi? U raqiblarining enasini emdirvordi-yu...

— Bekor aytibsan, — unga qarshi chiqdi Parpi sartarosh, — Ronining zarbasini ko'rmading, shekilli. Naq zambarakning o'qi bo'ldi-yov... Sen bo'lsang qayoqdagi Messini...

— Nima?! Kim qayoqdagi?! Oldin o'sha Messidek bo'l, xo'pmi?! Keyin karilla...

— Ie, o'zlarichi, o'zlari?! — o'rnidan turib, qassobga xezlana boshladi Parpi. — Oldin Ronalduning chap butsisiga arzib oling-da, keyin gapiring, maylimi?!

— Sen meni kamsityapsanmi?! — bo'sh kelmadi qassob ham. — Oldin qarzlaringni to'lab qo'y-da, keyin jirilla! Men seni boqadiganing emasman!

— Qanaqa qarz?! E, — chakkasini qashladi sartarosh, — anavi qirq mingni aytyapsanmi? Beraman o'shaningni! O'zingchi, o'g'lingni soch oldirishga jo'natib, pulini bermabsan... Nima, men shaxsiy sartaroshingmanmi?

Davomi

BestMaster
26 Iyun 2017, 11:00
uyingga, tushsin, messi!, hajviya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads