Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Roberto Karlos O'FA maydonida bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o'tgandik. 

.
- Yuklab olish
Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o'tgandik. "Real" klubining sobiq a'zosi dastlab O'FA rahbariyati bilan uchrashdi. Unga milliy choponimiz va do'ppimiz sovg'a qilindi.    Shundan so'ng, braziliyalik jahon chempioni  yosh futbolchilar uchun O'FA maydonida tashkil etilgan master-klassda ishtirok etdi. U turli futbol maktablaridan kelgan bolajonlar uchun mahorat darslarini namoyish qildi. Keyin shu erning o'zida faxriy futbolchilar ishtirokida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi. Unda Azamat Abduraimov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiev, Eldor Magdeev, Bahodir Ahmedov, Aleksandr Xvostunov, Aleksey Roshin kabi futbolchilardan tashkil topgan "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasining faxriylari ishtirok etishdi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to'p surdi. Uchrashuv O'zbekiston terma jamoasi faxriylarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi. Karlos gollardan biriga mualliflik qilganini ham ta'kidlab o'tish zarur.    Shundan keyin Roberto Karlos Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi bo'lgan bolajonlar va boshqa futbol maktablari tarbiyalanuvchilariga turli sovg'alar taqdim qildi. 


 

BestMaster
28 Yanvar 2019, 14:30
roberto, karlos, maydonida, bolajonlar, uchun, master-klass, namoyish, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads