Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» muhim g'alabaga erishdi va 3-o'ringa ko'tarilib oldi (video)

Ispaniya La ligasining 20-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining 20-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qildi. Ushbu jamoalar tur oldidan 33 ochko bilan jadvalda 3 va 4-o'rinlarni egallab turishgandi.

Birinchi bo'limda jamoalar tengma-teng o'yin namoyish qilishdi. Dastlabki 45 daqiqa davomida andalusiyaliklar hisobni ochish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Eskudero yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, Kurtua qo'riqlayotgan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

Ikkinchi bo'limda esa Solari shogirdlari bosimni oshirishdi, ketma-ket hujumlar tashkil qilishdi, ko'plab zarbalar yo'llashdi. Yakunda "Qirollik klubi" o'z maqsadiga etishdi. Bahs tugashiga 12 daqiqa qolganida Kazemiro kuchli zarba berib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Modrich himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, o'yinga nuqta qo'ydi.

Ushbu g'alabadan keyin "Real" o'z ochkolarini 36taga etkazib, La liga jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 20-tur
Real Madrid – Sevilya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 78 Kazemiro, 2:0 – 90 Modrich.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Sebalos (Valverde, 88), Kazemiro, Vaskes (Isko, 77), Modrich, Vinisius Junior, Benzema.
Sevilya – Vatslik, Ker, Gomes, Eskudero (Salvaterra, 86), Karrisu, Banega, Navas, Vaskes, Sarabiya, Andre Silva (Munir, 75), Ben-Yedder (Promes, 71).
Ogohlantirishlar: Karrisu (30), Banega (54), Kazemiro (61), Sebalos (65), Ker (85).

BestMaster
19 Yanvar 2019, 22:30
liga, «real», muhim, galabaga, erishdi, 3-oringa, kotarilib, oldi, video,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 joma  
Yil oxirda birinchida bulamiz
19 Yanvar 2019, 23:23
 Barnabeo  
Hudo holasa joma
19 Yanvar 2019, 23:45
 arss  
Xudo xolasa
20 Yanvar 2019, 05:57
 melo  
HALA MADRID
20 Yanvar 2019, 09:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads