Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zlatan Ibragimovichning chandiqli yuzi (siz bu faktlarni hech qaerda o'qimagansiz)

Yashil maydonda bizni o'z harakatlari bilan lol qoldiradigan futbolchilarning maydondan tashqaridagi hayoti ko'pchilik uchun doim qiziq bo'lib kelgan.

.
- Yuklab olish

Yashil maydonda bizni o'z harakatlari bilan lol qoldiradigan futbolchilarning maydondan tashqaridagi hayoti ko'pchilik uchun doim qiziq bo'lib kelgan. Bugun siz yaxshi ko'rgan, muxlislik qiladigan futbolchilarning shaxsiy hayotiga nazar solamiz. Aniqrog'i, kim qaysi filmni sevib tomosha qilishiga to'xtalib o'tamiz.

MIGEL' VELOZU
SEVIMLI FIL'MI: «FORSAJ»

Portugaliyalik futbolchi hali juda yosh va tajribasiz bo'lganida «Forsaj» filmini ko'ra boshlagan. O'shanda u «Sporting»da to'p tepardi. Keyinchalik tanilib, «Dinamo» safida to'p sura boshlaganida ham shu filmni ko'rishni kanda qilmadi. Eng qizig'i, «Forsaj»da tezlik asosiy jihatlardan biri sanaladi. Ammo bu Velozuning o'yinida aks etmagan. Aftidan, futbolchi sevimli filmidan nimadir o'rganishni emas, uni shunchaki sevib tomosha qilishni istaydi, xolos.

KARIM BENZEMA

SEVIMLI FIL'MI: «GANGSTER»

Madridning «Real» klubi hujumchisi Ridli Skottning qiziqarli kriminal dramasi — «Gangster»ni sevib tomosha qiladi. Bu filmdagi o'zaro ziddiyatli holatlar, sirlilik va boshqa qiziqarli jihatlar Benzemani o'ziga rom etgan. Eng qizig'i, «Gangster»ni doim ko'rib boradigan yana bir futbolchi bor, bu — Mario Balotelli.

ZLATAN IBRAGIMOVICh

SEVIMLI FIL'MI: «ChANDIQLI YuZ»

«Odamlar Zlatan ko'p hayotini bema'ni ishlarga sarflaydi, deb o'ylashadi. Ammo men ko'p vaqtimni film tomosha qilish va videoo'yinlar o'ynashga sarflayman», — degandi shvetsiyalik futbolchi intervyularidan birida. Futbolchi Al Pachino filmlarini yoqtiradi va aktyor imjrosidagi barcha filmlarni ko'rib boradi. Xususan, «Chandiqli yuz» kartinasini yiliga ikki-uch bor ko'rishdan erinmaydi. Bu film, shuningdek, Robin van Persi va Stiven Jerrardning ham sevimli filmi hisoblanadi. «Bavariya» futbolchisi Frank Riberi esa bularning tamomila aksi, u umuman film ko'rishga ishtiyoqmand emas.

FERNANDO TORRES

SEVIMLI FIL'MI: «HAYoT GO'ZAL»

Hozirda «Atletiko» safida to'p surayotgan Fernando Torres «Milan»da o'ynagan paytlari italyan tilini o'rgangani bois bu tildagi filmlarni sevib tomosha qiladi. Shuning uchun uning sevimli filmlari qatoridan italyanlarning faxri hisoblangan kinolar ko'p. Xususan, Roberto Beniniga 1998 yili «Oskar»ni taqdim etgan ta'sirchan va ruhini ko'taruvchi «Hayot go'zal» kartinasi. Darvoqe, mazkur kartina Torresning sobiq jamoadoshi Maskeranoga ham yoqadi (ular «Liverpul»da birga o'ynashgan). Hatto maza qilib bu filmni birga tomosha qilishgan.

TOMAS MYuLLER

SEVIMLI FIL'MI: «300 SPARTALIK»

«Bavariya» va Bundestimning «dahshatli quroli» Tomas Myuller o'zining nozik didi bilan maqtana olmaydi. Umuman, bu futbolchining didini yuqori baholash qiyin. Uning «300 spartalik» filmiga qiziqishini esa quyidagicha izohlash mumkin: film o'ziga xos effektlarga ega va adolat ulug'langan. Qolaversa, qahramonlar film oxirigacha taslim bo'lmay kurashishgan. Tomas Myullerga filmning aynan shu jihati yoqqani tayin, chunki u ham maydonda oxirigacha kurashishni yoqtiradi.

KRIShTIANU RONALDU

SEVIMLI FIL'MLARI: «UNIVERSAL ASKAR», «QOYa» VA «OLTINChI SEZGI»

Portugaliyalik futbol yulduzi jangari hamda oldin suratga olingan filmlarni yoqtiradi. Vaholanki, futbolchilar orasida 90-yillarda suratga olingan Van Damm ishtirokidagi «Universal askar» yoki Nikolas Keyj o'ynagan «Qoya» filmlarini ko'radiganlar kamdan-kam topiladi. Bugun bu filmni ko'rganlar voqealar jarayoniga unchalik ishonmasligi mumkin, ammo bu Ronalduga umuman xalal bermaydi. Shuningdek, Ronalduning uchinchi sevimli filmi mistik triller janrida suratga olingan «Oltinchi sezgi» kartinasi hisoblanadi.

XABI ALONSO

SEVIMLI FIL'MLARI: «KASABLANKA», «BUYuK QOChISh»

«Real»ning sobiq futbolchisi eng yaxshi film deganda klassik janrda suratga olingan kartinalarni tushunadi. Shuning uchun ham u hamkasblari kabi «300 spartalik» yoki «Forsaj» kartinalarini ko'rishga vaqt sarflamaydi. Xabi Alonsoga Xamfri Bogartning «Kasablanka» va Stiv MakKuinning «Buyuk qochish» filmlari yoqadi.

UEYN RUNI

SEVIMLI FIL'MLARI: «SINGILGINAM, HARAKAT QIL-2», «ODDIY ASKAR RAYaNNI QUTQARISh», «o'AZAB» VA «BRIOLIN»

Ueyn Runining o'ziga xos tomoni shundaki, u, odatda, kino tanlab o'tirmaydi. Ikkinchi jahon urushi bilan bog'liq bir qator filmlar, komediyalar, mafiya bilan bog'liq kartinalarni Runining javonidan istagancha topish mumkin. Shuningdek, uning sevimli kinolari ro'yxatidan «Briolin» myuzikli ham o'rin olgan.

SAMYuEL' ETO'O

SEVIMLI FIL'MI: «MALKOL'M IKS»

Jiddiy va har doim o'ylab ish tutishga odatlangan kamerunlik futbolchining ruhiyatida isyonkorlik ruhi kuchliroq. Buni u yaxshi ko'radigan film ham tasdiqlab turibdi. Negaki Spayk Li rejissyorligida suratga olingan kartinada irqchilikka qarshi kurash aks etgan va qora tanli Malkolm Iks o'z huquqi uchun keskin kurash olib borgan.

NEYMAR

SEVIMLI FIL'MI: YO'Q, AMMO YoQTIRADIGAN SERIALI BOR

Eng yaxshi filmi — seriallar. Neymar uning nimalarni yoqtirishi bilan qiziqqan jurnalistlarga taxminan shunday javob qaytargan. Siz bu javobdan kelib chiqib, «Neymar keti uzilmaydigan, ezma seriallarni yoqtirarkan-da», deya xulosa chiqarishga shoshilmang. «Barselona» hujumchisi amerikalik ijodkorlarga tegishli bo'lgan «2,5 odam» nomli dag'al kulgiga asoslangan serialni yoqtiradi, xolos.

BestMaster
25 Iyun 2017, 17:00
zlatan, ibragimovichning, chandiqli, yuzi, faktlarni, hech, qaerda, oqimagansiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads