Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid» jamoasining omadsiz transferlari

sezilarli ravishda «tushib» ketadi. Keyinchalik esa yana o'z jamoasiga qaytgan yarim himoyachi avvalgi darajasiga chiqa olmadi.

.
- Yuklab olish

Illarramendi - 40 million evro

Real Sosedad jamoasidan harid qilingan yosh iqtidor egasi Xabi Alonsoning o'rnini egallashi kutilgan edi. Afsuski, Illiaramendi o'zining eng pik nuqtasida «Real Madrid» ga o'tadi va deyarli zahira va kubok o'yinchisiga aylanib qoladi. Eng achinarlisi shundaki, futbolchining o'yini sezilarli ravishda «tushib» ketadi. Keyinchalik esa yana o'z jamoasiga qaytgan yarim himoyachi avvalgi darajasiga chiqa olmadi.

Royston Drente 15 million

Gollandiya yoshlar terma jamoasi bilan JChda g'olib bo'lgan yigitchaning atrofida birdaniga Ispaniyaning ikki grandi paydo bo'ladi. Afsuski, Drentte «Barsa»ning taklifini rad etadi va «qaymoq ranglilar»safiga borib qo'shiladi. Avvaliga birinchi mavsumni yaxshi o'tkazgan futbolchi keyinchalik Marselloga asosiy tarkibdagi o'rnini berib qo'yadi. Bora - bora deyarli maydonga tushmay qo'yadi. Shartnomasi tugagach, bir paytlar dunyoning eng kuchli yosh futbolchisi bo'lgan qahramonimiz uzoq vaqt klubsiz qolib ketadi.

Jonatan Vudgeyt 16 million

«Nyukasl» jamoasidagi ishonchli o'yinlaridan so'ng Fernando Erroning o'rniga harid qilingan futbolchi umuman o'zini oqlamadi hisob. U ilk mavsumida birorta o'yinda maydonga tushmagan bo'lsa, ikkinchi mavsumda 14 ta o'yinda harakat qiladi. Navbatdagi mavsumda «Real Madrid» uni «Midlsbro» jamoasiga ijaraga berib yuboradi.

Kaka - 65 million

2009-yilda «Milan» jamoasidan harid qilingan o'yinchi sezilarli darajada «Real Madrid»da yo'qolib qoldi. «Oltin to'p» egasi «qirollik» klubida birorta ham yorqin o'yin ko'rsata olmadi. Ko'pchilik buni jarohatlarga yo'yadi. Ammo Kaka o'zining intervyularidan birida qiziq bir faktni aytib o'tgan edi : “To'g'risi, «Real»ga klubim iltimos qilgani uchun o'tganman. O'sha paytlari «Milan» moliyaviy muammolar girdobida qolgan edi.”

2014- yilda Kaka o'z jamoasiga erkinagent sifatida qayta o'tadi. Afsuki, bu oldingi Kaka emas edi. Uning aqlbovar qilmas o'yinlari esa «Milan»ning shonli tarixi singari moziyda qolib ketdi.

BestMaster
7 Yanvar 2019, 18:10
«real, madrid», jamoasining, omadsiz, transferlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 melo  
Bularning orasiga Odriasola'niyam qoshib qoyish kerak
8 Yanvar 2019, 10:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads