Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Iskoning agenti «PSJ» prezidenti bilan uchrashdi

.
- Yuklab olish

PSJ» «Real» yarimhimoyachisi Iskoga qiziqish bildirmoqda.

Paris United`ning xabar topishicha, Parij klubi prezidenti Nosir Al-Helaifi xavbekning otasi va agenti Pako Alarkon bilan uchrashgan. Agent bilan nafaqat «PSJ», balki «Barselona», «Yuventus», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» kabi klublar ham aloqaga chiqishgan.

Qayd etilishicha, «Real» bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelishmovchiligi sabab Madriddan ketishni istayotgan Iskoga aynan «PSJ» varianti ko'proq yoqyapti. Boisi jamoadoshi Karim Benzema unga Parijdagi hayotni rosa maqtab tasvirlab bergan.

Shu bilan birga, Frantsiya chempioni uchun Iskoni sotib olish oson kechmaydi. Ispaniyalikning transfer bozoridagi narxi ancha yuqori, uni xarid qilgudek bo'lishsa, frantsuzlar moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bog'liq muammolarga duch kelishi mumkin.

Joriy mavsumda Isko Ispaniya chempionatining 11 o'yinida qatnashib, bitta gol va ikkita samarali to'p uzatish bilan cheklanmoqda. Uning «qirolli klubi» bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.

BestMaster
29 Dekabr 2018, 09:10
iskoning, agenti, «psj», prezidenti, bilan, uchrashdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 1028  
Isko "barsa" yoki" yuve" ga o'tadi
29 Dekabr 2018, 09:52
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
IKALA CLUBGA XAM O'TMAYDI ISCO
29 Dekabr 2018, 12:38
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads