Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bu mavsumninig eng omadsiz transferlari

Zamonaviy futbolda omadsiz haridlar tobora ko'payib bormoqda.

.
- Yuklab olish

Zamonaviy futbolda omadsiz xaridlar tobora ko'payib bormoqda. Lekin grandlar transferlarda kam xato qilishadi. Ammo guruch kurmaksiz bo'lmaydi, deganlardek top-klublar ham bazida xato qilishadi. O'tayotgan mavsumdagi eng omadsiz transferlarning bir nechtasini eslatib o'tamiz.

Rashid G'azzol. 14 million evro. «Monako»dan – «Lester»ga

«Tulkilar» Mahrez o'rnini shu yo'l bilan to'ldirshmoqchi bo'lishgandi. Afsuski, G'azzol 14 millionni oqlay olmadi. Uning texnikasi va maydondagi pozitsiyasi Riyod bilan bir hil bo'lishi mumkin, lekin Mahrezning o'rnini bosish, hozircha, uning qo'lidan kelmayapti. O'tgan yarim mavsum davomida futbolchi asosiy tarkibdagi o'rnini to'liq boy berib bo'ldi.

Tibo Kurtua. 35 million evro. «Chelsi»dan – «Real Madrid»ga

Kurtua «Chelsi»ni tark etishni juda ham xohladi va bunga erishdi. Afsuski, uning «Real»dagi ilk mavsumi tarqoqlik davriga to'gri kelib qoldi. Murabbiy o'zgardi - taktika o'zgardi. Kurtua qo'lidan kelgan hamma narsani qilayotgandek tuyulishi mumkin, lekin «Chelsi»dagi ishonchli o'yinlarini darvozabon deyarli yo'qotib bo'ldi. Afsuski, muxlislar ishonchi ham tobora kamayib bormoqda.

Malkom. 41 million evro. «Bordo»dan – «Barselona»ga

Yosh braziliyalik futbolchi o'ylaganimizdan ancha sekinroq jamoaga moslashmoqda. To'g'risi, uning transfer summasidagi raqamlar muxlislarga ko'prog'ini va'da qilayotgandek edi, go'yo. Ammo Malkom o'yinlarda yo'qolib qolmoqda. Sekin-astalik bilan zaxiraga qulayroq joylashib olishiga to'g'ri keladi. Sababi, «Barsa» hech kimga ikkinchi imkonni bermaydi. Bunday «katta» jamoalarda hatto superyulduzlarning ham o'rni kafolatlanmagan. Lekin Malkomnnig yoshini inobatga olsak, hali unda imkon bo'lsa, ajab emas.

Fred. 59 million evro. «Shaxtyor»dan –«Manchester Yunayted»ga

Afsuski, «benazir»ning omadsiz xaridlaridan yana biri. Fred deyarli asosiy tarkibdan umidini uzib qo'ygandi. Tajovuzkor va universal yarim himoyachi «tumanli albion» yashil maydonlariga katta umidlar bilan kelgan edi. Afsuski, uning ilk mavsumdagi ishlari yurishmayapti. Birorta assistni amalga oshira olmagan Freddan muxlislarning ham ko'ngli sovib ketdi. Lekin, endigina 25 yoshni qarshilagan Fred uchun hali hammasi oldinda bo'lishi mumkin. Uning hamma umidi Sulsherdan.

BestMaster
25 Dekabr 2018, 21:50
mavsumninig, omadsiz, transferlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 9
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
VAQT YETARLI BULARDA OQLASHI UCHUN
25 Dekabr 2018, 21:57
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
VAQT YETARLI BULARDA OQLASHI UCHUN
25 Dekabr 2018, 21:57
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
VAQT YETARLI BULARDA OQLASHI UCHUN
25 Dekabr 2018, 21:57
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
VAQT YETARLI BULARDA OQLASHI UCHUN
25 Dekabr 2018, 21:58
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
VAQT YETARLI BULARDA OQLASHI UCHUN
25 Dekabr 2018, 21:58
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
VAQT YETARLI BULARDA OQLASHI UCHUN
25 Dekabr 2018, 21:58
SERDARKHAN4444
 SERDARKHAN4444  
VAQT YETARLI BULARDA OQLASHI UCHUN
25 Dekabr 2018, 21:58
dilshod717
 dilshod717  
Ula 6ziga b6lgan iwoncni poymon qildi xolos
26 Dekabr 2018, 16:34
 melo  
Xali kuchayadi bula xozir formasini yoqotdi xammasi formasini tiklasa bu eng zor transferl orasiga qoshilishadi xammasi
26 Dekabr 2018, 19:51
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads