Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Roman Pavlyuchenko: «Sovrin Modrichga tegishini taxmin qilmagandim»

France Football Luka Modrichni 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etgach, rossiyalik kasbdoshlarimiz «Oltin to'p»ning so'nggi sohibi bilan 2008-2012 yillarda «Tottenxem» sharafini himoya qilgan Roman Pavlyuchenkodan intervyu olishdi.

.
- Yuklab olish

France Football Luka Modrichni 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etgach, rossiyalik kasbdoshlarimiz «Oltin to'p»ning so'nggi sohibi bilan 2008-2012 yillarda «Tottenxem» sharafini himoya qilgan Roman Pavlyuchenkodan intervyu olishdi.

«LUKA UChUN «TOTTENXEM» ORALIQ BEKAT EDI»

- Parijda o'tkazilgan taqdirlash marosimini televizor orqali tomosha qilgan bo'lsangiz kerak. Nufuzli nashrning tanlovi sizni lol qoldirdimi?

- Menimcha, bu yil Modrichga ataldi. Shu bois, FIFA va France Football qarorlariga qo'shilaman. Ha, JChda Frantsiya zafar quchdi. Ammo xorvatlar uchun kumushning nufuzi oltindan kam emas. «Real»ning EChLdagi g'alabasini inobatga olsak, Lukaning tengi yo'q. So'nggi yillarda u nufuzli sovrin uchun astoydil ter to'kdi va haqli ravishda taqdirlandi. Bundan juda xursandman.

- Modrich «Tottenxem»da to'p surgan paytlarda unda «Oltin to'p» sohibining alomatlari bormidi?

- U paytda Ronaldu va Messilar davri boshlangandi. Tabiiyki, 8 yildan keyin Luka shunday hurmatga sazovor bo'lishini xayolimga keltirmaganman. Lekin o'sha yillardayoq «Tottenxem» Luka uchun oraliq bekat ekaniga amin bo'lgandim. Buni Modrichning o'zi ham yashirgan emas. Superklubga o'tish istagi yaqqol sezilib turardi. Uning «Barselona» yoki «Real» safiga qo'shilishini taxmin qilgandim. Bu ro'yobga chiqdi.

- O'yin borasida Modrichning «Tottenxem»dagi va hozirgi harakatlarida farq bormi?

- Hozir Lukaning tajribasi sezilarli darajada oshdi. Oxirgi 5 yilda 4ta EChL kubogini qo'lga kiritish - hazilakam ish emas! O'sha zafarli mavsumlarning barchasida u doimo etakchilar safida bo'ldi. To'g'ri, Ronaldu ham jamoada edi. Biroq Luka o'z o'rni va nufuziga ega yulduzlar safida yurdi. «Tottenxem»da-ku barcha hujumlar aynan u orqali amalga oshirilgan. Modrichsiz o'tgan o'yinlarda doimo muammolarga duch kelardik. Bu holat Rossiya mundialida ham bo'y ko'rsatdi. Agar Modrich bo'lmaganida, Xorvatiya finalga chiqa olmasdi.

«HAYoTDA SUVDEK SOKIN, MAYSADEK MULOYIM»

- Yozda u bilan uchrashishning iloji bo'ldimi?

- Shunday bo'lishini juda istagandim. Ammo taqdir taqozosiga ko'ra, Xorvatiyaning birorta o'yiniga borishning iloji bo'lmadi. Barcha bellashuvlarni, bizga qarshi chorak final uchrashuvini ham televizor orqali tomosha qildim.

- Modrich Messi-Ronaldu davriga nuqta qo'ydi. Endi har yili 2000  yillardagi kabi «Oltin to'p»ning yangi sohiblariga guvoh bo'lamizmi?

- Men Leo va Krishtini ro'yxatdan chiqarishga oshiqmagan bo'lardim. Yangi yilda EChL kubogi «Barselona» yoki «Yuventus»ga nasib etsa, sovrin ularning biriga tegishi mumkin. Bu futbolchilar hamon yorqin o'yin ko'rsatishmoqda. To'g'ri, hamma narsa o'tkinchi - bir yulduz o'rnini boshqasi egallashi aniq. Balki Kilian Mbappe katta sahnaga chiqar? Modrich ham ayni navqiron davrida.

- Luka - maydondagi etakchi. «Tottenxem» kiyinish xonasida ham shunday maqomda edimi?

- Yo'q. Kundalik hayotda Luka suvdek sokin, maysadek muloyim yigit. Mashg'ulotlarda ham kimgadir baqirgani, aql o'rgatgani yoki tortishganini ko'rgan emasman.

- Ingliz tilida yaxshi so'zlasha oladimi?

- Deyarli mukammal darajada. Parijdagi marosimda o'zingiz ham bunga guvoh bo'lgandirsiz?

BestMaster
21 Dekabr 2018, 01:40
roman, pavlyuchenko, «sovrin, modrichga, tegishini, taxmin, qilmagandim»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads