Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

KJCH g'olibi 5 mln yevro mukofot puli oladi

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati Yevropaliklar uchun qo'shimcha muammo. Mavsum o'rtalariga kelib Chempionlar Ligasi g'olib ushbu musobaqada qatnashishi kerak bo'ladi, boshqa qit'alarda esa bu paytda futbol uchrashuvlari tugagan bo'ladi.

Boz ustiga Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yutgan klub bor yo'g'i 5 mln yevro daromad ko'radi. Finalchi 4 - mln yevro, 3-o'rinni olgan klub, 2,5 mln yevro, 4-o'rinni olgan klub 2 mln yevro foyda ko'radi. Taqqoslash uchun, Chempionlar Ligasida har bitta uchrashuvdagi g'alaba uchun 2,7 mln yevro ishlab topadi, final o'yinida g'olib chiqgan jamoa esa 19 mln yevro. Yoki bo'lmasa jamoa a'zosi Rafael Varanning yillik maoshi 5 mln yevro.

FIFA yana bir katta muammolaridan biri ushbu turnirning ommabop emasligi. Masalan chorakfinal "Kashima Antlers" va "Chivas" o'rtasidagi o'yinga 3000 muxlis tashrif buyurgan. Shu sababli FIFA prezidenti Janni Infantino Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining formatini o'zgartirish kerakligini va turnir har 4 yilda o'tkazilishni taklif etdi. Shuningdek, musobaqada 24 ta klub ishtirok etishi mumklinigi taklif qildi.

Bobojonov

 

BestMaster
18 Dekabr 2018, 12:40
golibi, yevro, mukofot, puli, oladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads