Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xristo Stoichkov: «Real» hech qachon «Barselona»dek o'ynay olmaydi»

Bolgariyaning afsonaviy hujumchisi Moskvaga tashrif buyurdi va «SE» nashri tahririyati mehmoni bo'ldi. 

.
- Yuklab olish

Bolgariyaning afsonaviy hujumchisi Moskvaga tashrif buyurdi va «SE» nashri tahririyati mehmoni bo'ldi. Aslida Moskvaga ish yuzasidan kelgandi. U «LUKOYL bolalar chempionlar kubogi» xalqaro loyihasining elchisi hisoblanadi.

«Oltin to'p» va «Oltin butsa» sohibi hisoblangan sobiq futbolchi bolalar yoniga ketishdan oldin «SE» jurnalistlari savollariga javob berdi.

- «Lukoyl» bilan sizni loyiha bog'lab turadi. «Spartak»ning chempion bo'lganidan xursanddirsiz?

- Albatta. Professionalizm natija olib keldi. Aslida ham shunday bo'lish kerak. Lekin birinchi o'rinda «Spartak»ning muxlislari uchun xursandman. Ular bu g'alabani juda uzoq kutishdi. Biroq TsSKA chempion bo'lganida ham shunchalik quvonardim. Chunki bu jamoa safida hamyurtim Georgiy Milanov to'p suradi.

- «Spartak» va TsSKA o'zaro bahs­lashsa, qay biriga taraf olasiz?

- Spektaklga. Bir umr sportchi bo'lganman. Shu bois ham har bir futbolchining ishiga hurmat bilan qarayman.

- Hamisha Messi Krishtianu Ronaldudan kuchli deb aytasiz. U nimasi bilan kuchli?

- Messi - shubhasiz birinchi raqamli. U hamisha jamoa uchun o'ynaydi. Aqlbovar qilmas texnika, intellekt, shuningdek, Messi xudbin emas. Bu esa juda muhim. Odamlar Messini Di Stefano, Pele, Kroyff bilan tenglashtirishadi. Ronalduni esa Messiga qiyoslashadi. Bu ham ko'p narsani anglatadi. Lekin Ronaldu hech qachon Messidek bo'la olmaydi. «Real» ham hech qachon «Barselona»dek o'ynay olmaydi.

- Bir paytlari Andrey Arshavin haqida iliq fikrlar bildirgandingiz. Sizningcha, u «Barselona»da o'ynab ketgan bo'larmidi?

- Ispaniyada unga osonroq bo'lardi. Andreyda yaxshi texnika va tezlik mujassam edi. Bu jihatlarini yanada kuchaytirsa bo'lardi. Arshavinning nima uchun «Barsa»ga o'tmaganini bilmayman. Lekin fikrimcha, bu jamoada u yaxshi hamkorlar orqali bundanda yuqori natijalarga erishgan bo'lardi. Balki «Oltin to'p»­ni yutarmidi...

- Rossiyalik futbolchilardan qay biri yangi Arshavin bo'la oladi?

- Hozir undaylar yo'q. Hech kim Evropaga o'ynagani bormayapti. Bu esa katta muammo. 15-20 yil oldinga qaytsak, har bir chempionatda  kuchli rus futbolchilari bo'lardi. Mostovoy,Karpin, Kuznetsov, Ledyaxov, Nikiforov barchasini sanab tugatib bo'lmaydi. Hozir Dmitriy Cherishevning o'g'li - Denis bor. Lekin birgina legioner kamlik qiladi.

- Ammo Rossiyaning Angliyada murabbiyi bor. Leonid Slutskiy haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Yaxshi murabbiy. Chunki u gapimga quloq solib, TsSKAga Georgiy Milanovni olgan (kuladi). Jiddiy gapiradigan bo'lsam, Slutskiyning ishlash uslubi menga yoqadi. U o'zining usullari bilan Lobanovskiyni eslatib yuboradi. Slutskiy barcha narsani ipidan-ignasigacha hisoblab chiqadi.

- Milanovni qanday tavsiya qilgansiz?

- Avval Galyamin bilan gaplashganman. Keyin Slutskiy bilan. Ularni ko'ndirganman.

- Stanislav Cherchesov bilan tanishmisiz?

- U mening jonajon o'rtog'im. Bir-birimizni 30 yildan beri bilamiz. Unga gol urganmanmi yoki yo'qmi eslay olmayman. Ammo bu muhim emas. Stanislav - yaxshi inson va kuchli murabbiy. U bilan terma jamoani qabul qilib olishidan oldin muloqot qilgandik. Hattoki, mendan ayrim maslahatlarni so'ragan. O'ylaymanki, u jahon chempionati uchun yaxshi jamoa shakllantiradi. Uning oldida yana bir yil bor. Qolaversa, Konfederatsiyalar kubogida ham natija qayd etishlariga ishonaman. Rossiyalik muxlislar o'z terma jamoalari bilan faxrlanishlarini istayman.

- Aytishlaricha, darvozabonlardan yaxshi murabbiy chiqmas ekan.

- Bu bo'lmagan gap. Agar jamoaning ishi unchalik yurishmasa, hamisha qandaydir sabablarni istashadi. Lekin har qanday ish muammosiz bo'lmaydi. 1994 yili Bolgariya terma jamoasi ham qiyinchiliklarga duch kelgan. Biroq birgalikda harakat qilib, Bolgariya xalqiga quvonch ulashganmiz. Shunday ekan, 2018 yilda bir yoqadan bosh chiqarishga to'g'ri keladi. Musobaqada ettita ajoyib o'yin o'tkazishinglarga tilakdoshman.

- Etti?

- Albatta. Nima, ishonmayapsizmi?

BestMaster
24 Iyun 2017, 12:00
xristo, stoichkov, «real», hech, qachon, «barselona»dek, oynay, olmaydi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 akeshjon  
og'zim bor deb har narsa deb somirdavurarkanda
25 Iyun 2017, 09:28
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads