Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Chempionlar Ligasi pley-off uchrashuvlariga 17-dekabr kuni qur'a tashlanadi

Kecha Chempionlar Ligasi guruh bosqich uchrashuvlariga yakun yasaldi. Kechagi baxsda pley-offning so'nggi yo'llanmasi uchun "Shaxtyor" va "Lion" jamoalari kuch sinashdi. Unda fransiyaliklar g'alaba qozonib 1/8 finalga yo'l oldi.

Demak, pley-offga 1-o'rin bilan chiqgan jamoalar: "Borussiya" Dortmund, "Barselona", "PSJ", "Portu", "Bavariya", "Manchester Siti", "Real", "Yuventus".

Ikkinchi o'rin bilan chiqganlar: "Atletiko", "Tottenxem", "Liverpul", "Shalke 04", "Ayaks", "Lion", "Roma", "Manchester Yunayted".

Uchinchi o'rinni egallagan: "Bryugge", "Inter", "Napoli", "Galatasaray", "Benfika", "Shaxtyor", "Viktoriya", "Valensiya" Yevropa Ligasiga yo'l oldi.

Endilikda Chempionlar Ligasi pley-off o'yinlariga 17-dekabr kuni Nyon shahrida Toshkent vaqti bilan 16:00 da qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Madridliklarning ushbu bosqichdagi raqibi: "Tottenxem", "Liverpul", "Shalke 04", "Ayaks", "Lion", "Manchester Yunayted" jamoalari bo'lishi mumkin.

1/8 final dastlabki o'yinlari 12/13 va 19/20 - fevral kunlari, javob uchrashuvlari esa 5/6 va 12/13-mart kunlari bo'lib o'tadi.

Bobojonov

BestMaster
13 Dekabr 2018, 11:20
chempionlar, ligasi, pley-off, uchrashuvlariga, 17-dekabr, kuni, qura, tashlanadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 supergol  
SUPERGOL.UZ – O'zbek futbol muxlislari uchun maxsus sayt! Tezkor va sifatli futbol yangiliklarini bizda o'qing http://supergol.uz
15 Dekabr 2018, 00:31
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads