Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Nimchorak final bosqichi qur'asi haqida

Evropa chempionlar ligasi 2018/2019 yilgi mavsumida guruh bosqichi yakunlanib, pley-offga chiqqan 16ta jamoaning nomi aniq bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasi 2018/2019 yilgi mavsumida guruh bosqichi yakunlanib, pley-offga chiqqan 16ta jamoaning nomi aniq bo'ldi. Demak, navbat nimchorak final bosqichi uchun tashlanadigan qur'aga. Qur'a jarayonida haqida ma'lumot berib o'tamiz.

Qachon va qaerda?
Qur'a tashlash marosimi 17 dekabr, dushanba kuni UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Nimchorak final ishtirokchilari
Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan quyidagi jamoalar nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi:

Guruh g'oliblari:
"Bavariya" (Germaniya, «E» guruhi»)
"Barselona" (Ispaniya, «B»)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya, «A»)
"Manchester Siti" (Angliya, «F»)
"Portu" (Portugaliya, «D»)
"PSJ" (Frantsiya, «C»)
"Real" (Ispaniya, «G»)
"Yuventus" (Italiya, «H»)

Guruhda 2-o'rinni egallagan jamoalar:
"Atletiko" (Ispaniya, «A»)
"Ayaks" (Gollandiya, «E»)
"Liverpul" (Angliya, «C»)
"Lion" (Frantsiya, «F»)
"Manchester Yunayted" (Angliya, «H»)
"Roma" (Italiya, «G»)
"Tottenxem" (Angliya, «B»)
"Shalke-04" (Germaniya, «D»)

Qur'a mexanizmi
Jamoalar qur'a jarayonida ikkita savatchaga bo'linadi: guruh g'oliblari va ikkinchi o'rin sohiblari. Bir savatchadan o'rin olgan jamoalar bir-birlari bilan to'qnash kelmaydilar. Shuningdek:

— Bitta guruhdan chiqqan jamoalar nimchorak finalda o'zaro to'qnash kelmaydilar.

— Bir mamlakat klublari ham bu bosqichda o'zaro to'qnash kelishiga yo'l qo'yilmaydi.

Masalan: «F» guruhidan 1-o'rinni egallagan holda pley-offga chiqqan Angliyaning "Manchester Siti" klubiga faqat quyidagi jamoalardan biri raqiblik qilishi mumkin: "Atletiko", "Ayaks", "Roma" yoki "Shalke-04".

O'yinlar qachon o'tkaziladi?
Guruh g'oliblari dastlabki o'yinni safarda o'tkazishadi. Dastlabki uchrashuvlar 12/13 va 19/20 fevral, javob bahslari 5/6 va 12/13 mart kunlari bo'lib o'tadi. Nimchorak final taqvimi UEFA musobaqalarni o'tkazish qo'mitasi tomonidan tuzib chiqiladi.

EChL-2018/2019 taqvimi:

Nimchorak final, dastlabki o'yinlar — 12/13 va 19/20 fevral
Nimchorak final, javob o'yinlari — 5/6 va 12/13 mart
Chorak finalga qur'a tashlash marosimi — 15 mart
Chorak final, dastlabki o'yinlar — 9/10 aprel
Chorak final, javob o'yinlari — 16/17 aprel
Yarim finalga qur'a tashlash marosimi — 19 aprel
Yarim final, dastlabki o'yinlar — 30 aprel/1 may
Yarim final, javob o'yinlari — 7/8 may
Final. 1 iyun - "Metropolitano", Madrid

BestMaster
13 Dekabr 2018, 10:20
nimchorak, final, bosqichi, qurasi, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 supergol  
SUPERGOL.UZ – O'zbek futbol muxlislari uchun maxsus sayt! Tezkor va sifatli futbol yangiliklarini bizda o'qing http://supergol.uz
15 Dekabr 2018, 00:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads