Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Solari: Kamtarlik buyuklarga xos, "Madrid" tarkibida buyuklar va kamtar futbolchilar o'ynagan

"Real" bosh murabbiyi Santiago Solari "SSKA"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada qatnashdi.

Jarohatlar haqida:

"Murabbiylar va shifokorlar shtabi bu borada ishlamoqda. Biz iloji boricha jarohat olganlarni tezroq safga qaytishini harakatidamiz."

Kamtarlik:

"Kamtarlik buyuklarga xos, "Madrid" tarkibida buyuklar va kamtar futbolchilar bor va ular buni bir marta ham ko'rsatishmagan. Aynan shu sababli ham biz tarixda eng ko'p sovrin yutgan jamoamiz. Bizning jamoa barcha sport qadriyatlarini qadrlaydi. Krishtianu Ronaldu har doim bizning futbolchi bo'lib qoladi. U "Madrid" tirik afsonalarida biri va uning fikrlari faqat o'ziga tegishli. Hech kim buni hukm qila olmaydi".

La Liga va Chempionlar Ligasi?

"Men ikkalasini ham yutishni xohlayman. Qolaversa Qirol kubogi va KJCH ni ham. Barcha turnirlar biz uchun muhim".

Vinisius Junior haqida:

"Vinisiusni barcha kutmoqda. U 18 yosh, hali bolakay, lekin allaqachon maydonga tushmoqda va gol kiritishga ham ulgurdi. Biz barchamiz uning o'sayotganidan xursandmiz".

Markos Llorente haqida:

"Bilmadim. Men undan qoniqmoqdaman. U har bir mashg'ulotda bor kuchi bilan ishlaydi. Ammo men futbolchilarning kelajagi haqida hech narsa gapira olmayman".

Bobojonov

BestMaster
12 Dekabr 2018, 12:40
solari, kamtarlik, buyuklarga, madrid, tarkibida, buyuklar, kamtar, futbolchilar, oynagan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads