Milaning “Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardi “Real”ga o'tishga juda ham yaqin turibdi.
Xabarlarga ko'ra, “qirollik klubi” argentinalik futbolchi transferi uchun 116 million evrodan voz kechadi. Hozirda kelushuv amalga oshib bo'lgan faqat Ikardi “Real”da tibbiy ko'rikdan o'tsa bo'ldi. Agar transfer amalga oshsa, “qaymoqranglilar” uchun rekord xaridga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, avvalgi rekord Garet Beylga tegishli bo'lib, u “Tottenxem”dan “Real”ga o'tishi uchun 101 million evro sarflangandi.