Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Toni Kroos «el-klasiko» oldidan o'z fikrini bildirdi

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya La ligasining 17-turi doirasida bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya La ligasining 17-turi doirasida bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Germaniyalik futbolchi jamoasining klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi g'alaba navbatdagi "klasiko"ga ta'sir ko'rsatmasligiga ishonmoqda.

"Mazkur o'yin arafasida qandaydir g'ayritabiiy hodisa yoki qo'shimcha motivatsiya shart emas. Albatta, yaxshi kayfiyatda Madridga qaytish yaxshi, ammo "klasiko" — bu juda muhim o'yin. Avval qanday natija qayd etilgani muhim emas", – dedi Kroos.

Shuningdek, 27 yoshli futbolchi o'zining formasini tiklab borayotgan Krishtianu Ronaldu haqida ham fikr bildirib o'tdi.

"U maydonda bo'lganida bizga yordam berishga harakat qiladi. Buni bilamiz. U gol urish uchun imkoniyat qidiradi. U klublar o'rtasidagi jahon chempionatining har ikkala bahsida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ronaldu biz uchun qanchalik muhim futbolchi ekanini ortiqcha eslatish shart emas", – dedi Toni Kroos.

"Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin 23 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.

BestMaster
17 Dekabr 2017, 15:10
kroos, «el-klasiko», oldidan, fikrini, bildirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 22
<< 1 2 3
 alawat  
Kroosdan super paslar Ronaldo dan super gollar kutib qolamiz
17 Dekabr 2017, 16:10
criroking
 criroking  
Tögri hammadan super öyin kutib qolamiz
17 Dekabr 2017, 18:37
<< 1 2 3
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads