Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

InterFutbol.uz: Ijodiy fikrlash fursati

Krishtianu Ronaldu 5-marta «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgach, o'zidagi asosiy motivatsiya ichki «men» ekanligini aytib, Lionel Messi bilan g'aroyib raqobatga jiddiy e'tibor qaratmasligini ta'kidladi.

.
- Yuklab olish

Krishtianu Ronaldu 5-marta «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgach, o'zidagi asosiy motivatsiya ichki «men» ekanligini aytib, Lionel Messi bilan g'aroyib raqobatga jiddiy e'tibor qaratmasligini ta'kidladi.

Uning so'zlari Leo muxlislariga yoqmadi, albatta. «Daho deganlari sal kamtar bo'ladi, Ronaldu shu gaplarini yana bir «Oltin to'p»ni olishdan avval aytganida ham,  boshqa masala edi!» - deyishdi ular futboldagi buyuk fakt qarshisida esankirab.

Holbuki, esankirashga hojat yo'q. Chunki sovrinlar soni Messi yoki Ronalduning futboldagi fantastik faoliyatiga aslo soya sololmaydi.

Sovrinlarning ko'p yoki kamligi har ikki daho futbolchi iqtidorini baholovchi mezon bo'lolmaydi. Ana, «Oltin to'p»siz Pele 3 karra jahon chempioni sifatida hamon futbol qiroli bo'lib yuribdi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Ronaldu ham, Messi ham ich-ichidan unga havas qiladi.

Axir jahon chempionati mavzusi ochilganida, argentinalik va portugaliyalik daho ich-etini eydi. Boshqacha aytganda, bunday payt «Barselona» va «Real»dagi yutuqlar nari suriladi, 5tadan «Oltin to'p» ham ularni yupatolmaydi aslo.

Bu -  daholarga xos xislat. Ular shunday o'ylashadi va ulug' fazilat bois, 5tadan «Oltin to'p» ikkisini ham qoniqtirmaydi. Muxlislar ularni «Oltin to'p»ni 3 martadan qo'lga kiritishgan vaqtdayoq daholar safiga qo'shib, olqishlarga ko'mishgandi.

O'sha tasannolar daholarni mehnat va harakatdan to'xtatmadi. Ronalduning navbatdagi zafari - shu to'xtovsiz jarayon mahsuli. Ha, «Barselona» va «Real» ramziga aylangan futbolchilarni ta'riflashdan charchamaymiz, ularning o'zlari jahon chempionatida ham g'alaba nashidasini surish orzusida yashayverishadi.

Yo'q, shunchaki, emas. G'olib bo'lish ishtiyoqi ularni mashg'ulotlarga, yanada kuchliroq o'ynashga chorlayveradi. To'g'ri, har bir sovrin qadrli, lekin Pele va Diego Maradona, Zayniddin Zidan va Ronaldo kabi jahon chempioni bo'lish - Ronaldu hamda Messi uchun buyuk orzu.

Ular futbol tarixida Yoxan Kroyff va Mishel Platini kabi jahon chempioni bo'lolmagan daholar maqomida qolishni istashmaydi. Istaklar esa imkonlar bilan kurashda qanday natija taqdim etadi - buni vaqt ko'rsatadi.

Agar ulardan biri jahon chempionati g'olibiga aylansa, muxlislar o'rtasidagi bugungi bahs-munozaralar qanday tus olishini hozirdanoq tasavvur qilyapmiz.

Shunday muxlislar ham borki, ular oxirigacha o'ylab o'tirishmaydi va «Oltin to'p»ni  5 martadan qo'lga kiritgan ikki futbolchidan birini ataylab pastga urishadi.

Koshki bunday o'rinsiz munosabat va kamsitishlar ikki daho haqida sobit xulosali futbolsevarlarni ikkilantirsa... Yo'q, futbol dunyosi turli gap-so'zlarni chetga uloqtirib, Messi va Ronalduga talpinaveradi.

Xo'sh, biri kamtar, ikkinchisi o'zini reklama qilishni istasa, shunga nima? Ishni qoyillatgandan keyin maqtanaversin portugal purviqori. Qo'lidan hech bir ish kelmaydigan, biror natijaga erishmay turib, maqtanadigan futbolchidan asrasin.

Unday maqtanchoqdan qochib qutulmasang, urib boshingni yoradi. Ronalduga xos «men» esa butunlay boshqa masala. Aslida bizning futbol aynan «men»i mavjud murabbiy va o'yinchilarga muhtoj.

Qani endi qaysidir murabbiy milliy jamoamizni jahon chempionati final bosqichiga olib chiqsayu, «Men unday taktikani tanladim, men bunday futbolchilarni kashf etdim», deya baralla maqtansa?!

Shunday holatda uni bir ovozdan olqishlardik: «Ha, maqtanishlaringdan! Maqtanaver. Senga maqtanish yarashadi!» Alamlisi, hamon maqtanish-olqishlash imkonidan mosuvomiz.

Maqtanish imkonidan mamnun madridliklarga havasimiz bo'lsin! O «Real», baquvvatgina «Sevilya»ni qanday san'atkorona engdi! Ronaldu sovrinidan ilhomlangan «Madrid» uchrashuvning birinchi bo'limida san'atga qiyos futbol namoyish etdi.

E'tibor berdingizmi, DAVOMI

BestMaster
13 Dekabr 2017, 20:30
interfutboluz, ijodiy, fikrlash, fursati,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 66
<< 1 ... 5 6 7
Crishtiano
 Crishtiano  
Admjgptwptwmjg.adjmtgmtmadjgadmadjgptmjd
13 Dekabr 2017, 22:12
Crishtiano
 Crishtiano  
Admjgptwptwmjg.adjmtgmtmadjgadmadjgptm
13 Dekabr 2017, 22:13
Crishtiano
 Crishtiano  
Admjgptwptwmjg.adjmtgmtmadjgadmadjgpt
13 Dekabr 2017, 22:14
Crishtiano
 Crishtiano  
Admjgptwptwmjg.adjmtgmtmadjgadmadjgp
13 Dekabr 2017, 22:14
Crishtiano
 Crishtiano  
Admjgptwptwmjg.adjmtgmtmadjgadmadj
13 Dekabr 2017, 22:14
Crishtiano
 Crishtiano  
Admjgptwptwmjg.adjmtgmtmadjgadma
13 Dekabr 2017, 22:15
<< 1 ... 5 6 7
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads