Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» «Barsa»ga yaqinlashish imkoniyatidan foydalana olmadi

Madridning "Real" klubi ushbu turda "Barselona"ning ochko yo'qotishidan foydalana olmadi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi ushbu turda "Barselona"ning ochko yo'qotishidan foydalana olmadi. Zidan shogirdlari Bilbaoda "Atletik"ni mag'lub eta olishmadi.

"San-Mames" stadionidagi o'yin juda shiddatli kechdi. Uchrashuvda hisob ochilmagan bo'lsa-da, o'yin muxlislarni aslo zeriktirib qo'ymadi.

Bahs debyutida Benzema jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarba natijasida to'p ustunga tegdi. Bugungi o'yinda darvozabonlarga anchagina ish topildi. Jumladan, Navas ber necha marta seyv namoyish qilishiga to'g'ri kelgan bo'lsa, Arrisabalaga ham darvoza daxlsizligini saqlab uchun ancha ter to'kdi.

Mezbonlar dastlabki bir soat davomida nomdor raqib bilan tengma-teng kurash olib borishdi. Ular bu vaqt davomida hujumga hujum bilan javob berishdi. Biroq so'nggi yarim soat ichida to'la ustunlik "Madrid" tomonida bo'ldi. Bilbaolik futbolchilar matonat bilan himoyalanishlariga to'g'ri keldi.

Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida "Real" sardori Serxio Ramos ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Ushbu chetlatish madridliklarning shashtini ancha pasaytirib qo'ydi. Boz ustiga, hakam ikkinchi bo'lim boshida Ramosning qo'polligi tufayli "Real" darvozasiga penalti belgilamagandi.

Shu tariqa, muhim 1 ochkoni qo'lga kiritgan "Atletik" 14 ochko bilan bor-yo'g'i 15-o'ringa ko'tarilib oldi. "Qirollik klubi" 28 ochko bilan 4 va 5-o'rinlarni "Sevilya" bilan bo'lishib turibdi. Jamoa peshqadam "Barselona"dan hamon 8 ochko ortda qolmoqda. Zidan jamoasini keyingi turda jadvalda 3-o'rinda borayotgan "Sevilya"ga qarshi bahs kutib turibdi.

Ispaniya La ligasi, 14-tur
Atletik – Real Madrid 0:0 (0:0)
Atletik – Arrisabalaga, Echeyta, Balensiaga, De Markos (Inigo Lekue, 72), Nunes, Raul Garsiya, Mikel Riko, Susaeta, Iturraspe (San Xose, 39), Inyaki Uilyams (Kordoba, 83), Aduris.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Kovachich, 82), Kroos, Ronaldu, Benzema (Mayoral, 82).
Ogohlantirishlar: Ramos (11), De Markos (45), Echeyta (57), Kazemiro (73), Karvaxal (90), Ronaldu (90).
Chetlatish: Serxio Ramos (86).

BestMaster
3 Dekabr 2017, 02:50
liga, «real», «barsa»ga, yaqinlashish, imkoniyatidan, foydalana, olmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 18
<< 1 2
 frank  
Hujumdagi 2ta "hokiz"larimiz qachon o'ynarkin a
3 Dekabr 2017, 02:51
 frank  
Ertaroq o'zgarishlar qilish kk edi kal
3 Dekabr 2017, 02:52
 klimber  
ха була реал деган номи копти холос
3 Dekabr 2017, 02:56
Nosirov
 Nosirov  
Realda pasayhsh kuzatilmoqda
3 Dekabr 2017, 06:20
 Xurshidxon  
Qadrli FM ishqibozlari.Bugun FMENEJER.RU saytida Fm 2018 ga restart.
3 Dekabr 2017, 08:22
 ssaannjjaarr  
o'yini qoniqtirmaybdi
3 Dekabr 2017, 10:06
Crishtiano
 Crishtiano  
O'yin zo'r lekin gol yo'q.
3 Dekabr 2017, 10:15
Crishtiano
 Crishtiano  
Benzeama suplik
3 Dekabr 2017, 10:16
<< 1 2
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads