Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

UzReport TV Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini namoyish qiladi

"UzReport TV" telekanali Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati translyatsiya huquqini xarid qildi.

Xabaringiz bor, shu yilning 6-16 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarda Klublar o'rtasida Jahon Chempionati bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada o'z qit'alarida klublar o'rtasidagi musobaqalarda g'alaba qozongan "Real Madrid" (Ispaniya), "Gremio" (Braziliya), "Pachuka" (Meksika), "Vidad Kasablanka" (Marokash), "Urava Reds" (Yaponiya), "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) kabi jamoalar va mezbon "Al-Jazira" (BAA) jamoasi qatnashadi.

O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ushbu musobaqada o'z brigadasi bilan ishtirok etishini ham ta'kidlab o'tish zarur. O'zbekistondagi millionlab futbol muxlislari mazkur musobaqadan o'rin olgan uchrashuvlarni katta qiziqish bilan tomosha qilishini inobatga olgan holda, "UzReport TV" telekanali Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati translyatsiya huquqini xarid qildi. 

6-16 dekabr kunlari Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan o'rin olgan qiziqarli uchrashuvlarni UzReport TV telekanalida kuzatib boring! UzReport TV telekanalida syurprizlar mavsumi davom etadi!

Eslatib o'tamiz, UzReport TV 7-dekabr kuni "Oltin to'p" topshirish marosimini ham to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatadi.

BestMaster
2 Dekabr 2017, 00:20
uzreport, klublar, ortasidagi, jahon, chempionatini, namoyish, qiladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 19
<< 1 2
Nosirov
 Nosirov  
Ha bu xabarni shaxsan davron aka ham tasdiqladi
2 Dekabr 2017, 06:11
Nosirov
 Nosirov  
Malades uzreport xodimlari
2 Dekabr 2017, 06:12
Crishtiano
 Crishtiano  
UzReport TV dan minnatdorman.
2 Dekabr 2017, 10:52
Crishtiano
 Crishtiano  
Realga omad
2 Dekabr 2017, 10:53
Crishtiano
 Crishtiano  
Sardor Rashidovga omad
2 Dekabr 2017, 10:56
Crishtiano
 Crishtiano  
Ravshan Ermatovga omad
2 Dekabr 2017, 10:57
Crishtiano
 Crishtiano  
Ronaldu to'purar
2 Dekabr 2017, 10:58
Crishtiano
 Crishtiano  
Ronaldu turnirning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishi kerak.
2 Dekabr 2017, 11:00
Crishtiano
 Crishtiano  
Ravshan Ermatov eng yaxshi refere bo'lsin
2 Dekabr 2017, 11:02
<< 1 2
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads