Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Krishtianu va Benzema so'nggi ikki o'yinda 6 ta to'p kiritishdi

Buyuk juftliklar Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema "Real" ijrosida so'nggi ikki o'yinda 6 ta to'p kiritishdi, bu haqida rasmiy sayt xabar berib o'tadi.

Fransiyalik "ovchi" hamda Ronaldu so'nggi ikki o'yinda "APOEL" darvozasiga ikkitadan, "Malaga" darvozasiga esa bittadan to'p kiritishgan.

Ushbu mavsumda ushbu juftlik barcha musobaqalarda 16 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lishgan. Portugaliyalik futbolchining hisobida 11 ta, (Chempionlar Ligasi - 8, La Liga - 2 va Ispaniya Superkubogi - 1). Benzemada ushbu mavsumda barcha turnirlarda 5 ta gol bor. U Chempionlar Ligasida (2), La Ligada (2) va Ispaniya Superkubogida (1) ta gol kiritgan.

Ikkala futbolchi 9 mavsumdan beri "Madrid" sharafini himoya qilib kelmoqda. Krishtianu shu paytga qadar 418 ta to'p kiritib "Real"ning tarixdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turubdi va undan keyin 323 gol bilan Raul bormoqda. "APOEL"ga qarshi o'yindan keyin esa Benzema ham Xentoni gollar borasida ortda qoldirib o'z ismini "Real" to'purarlar tarixiga yozdirib qo'ydi. Karim 185 ta gol bilan "Real" tarixida eng yaxshi yettinchi to'purarga aylandi. Hozirgi kunda kelib ikkala hujumchilar birgalikda 603 ta gol kiritishgan.

BestMaster
27 Noyabr 2017, 23:30
krishtianu, benzema, songgi, ikki, oyinda, kiritishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 31
<< 1 2 3 4
 uzbrm  
Ronaldoga yetadigani yo'q N1
28 Noyabr 2017, 06:53
<< 1 2 3 4
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads