Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Marca: Zidan Neymarning transferiga rozilik berdi

"Real" klubi «PSJ» hujumchisi Neymarning transferi borasida ish olib bormoqda.

.
- Yuklab olish

"Real" klubi «PSJ» hujumchisi Neymarning transferi borasida ish olib bormoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi uchun kurashda "Qirollik klubi" etakchilik qilmoqda. Parijliklar prezidenti futbolchi agenti Pini Zaxaviga madridliklar bilan muzokara olib borish vazifasini topshirdi. Ma'lumotlarga qaraganda, agent "Real" bilan kelishuvga erishgan.

«Madrid» yangi mavsum boshlangunga qadar Neymarning transferini rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Jamoa La liganing 1-turiga qadar bunga ulgurmasa, bu ishni yozgi mavsum oxiriga qadar (2 sentyabr) transferni amalga oshirmoqchi. Buning uchun «Real» avvalo bir necha nafar futbolchilarni sotishi lozim. Gap, birinchi navbatda, yarim himoyachilar — Garet Beyl va Xames Rodriges hamda hujumchi Mariano Dias haqida ketmoqda.

Transfer summasi 200 million evroni tashkil etadi. «PSJ» ushbu transferga qaysidir futbolchining kiritilishini istamayapti. «Real» bosh murabbiy Zayniddin Zidan Neymarning o'tishiga rozilik berdi.

Neymar uchun «Barselona» ham kurash olib bormoqda. Ammo «PSJ» uni kataloniyaliklarga sotishni istamayapti.

BestMaster
11 Avgust 2019, 21:00
marca, zidan, neymarning, transferiga, rozilik, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 22
<< 1 2 3
 rodrigo  
Neymar realda yana gullaydi Hudo qoqlasa
11 Avgust 2019, 21:47
 rabo  
Ha albatta
12 Avgust 2019, 01:06
<< 1 2 3
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads