Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Oldimizda muhim mavsum kutib turibdi»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Madridliklar iyul oyida Xalqaro chempionlar kubogida ishtirok etishadi. «Real»ga «Bavariya», «Atletiko» va «Arsenal» klublari raqiblik qilishadi.

«Mavsumga tayyorgarlik bosqichida barcha ishtirok etishi kerak: yangilar, asosiy tarkib futbolchilari va yoshlar. Yangi xarid qilingan o'yinchilar mavsumoldi yig'inlarida to'liq ishtirok etishlari shart. Bu jarayon futbolchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Ilk kunlardanoq ular bizning safimizga kelib qo'shilishgani — bu yaxshi. Oldimizda muhim mavsum bizni kutib turibdi. Sovrin yutib olish uchun katta hayajon bilan mavsumni boshlaymiz.

Tayyorgarlik jarayonida bu jamoalar bilan o'o'nash muhim ahamiyatga ega. Angliya, Ispaniya, Germaniya klublari — bular turli jamoalar. Eng yaxshi jamoalarni tanlab, tashkilotchilar juda yaxshi ish olib borishdi», — dedi Zidan matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" yozgi transfer paytida Eden Azar («Chelsi»), Luka Yovich («Ayntraxt»), Eder Militao («Portu»), Mendi («Lion»), Rodrigo («Santos») va Takefusa Kubo («Tokio») bilan shartnoma imzolab, transfer rekordini yangiladi.

BestMaster
21 Iyun 2019, 09:30
zidan, «oldimizda, muhim, mavsum, kutib, turibdi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 13
<< 1 2
 rabo  
Boshlanajak mavsum faqat VA faqat Real uchun atalgan Hala Madrid
21 Iyun 2019, 10:48
shoxcr7real
 shoxcr7real  
ZiDAN AKA BZ HAM KUTYAPBZ BU MAVSUM Bz uCHUN AQLBOVAR MAVSUM BOLIWI KK
21 Iyun 2019, 10:54
shoxcr7real
 shoxcr7real  
BZ HAR DOIM REAL BILANMZ BU MAVSUM O'ZGACHA TAKTIKA VA O'ZGACHA FUTBOL KuTAMZ REAL HAR DOIM NO_1
21 Iyun 2019, 10:56
<< 1 2
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads