Ispaniya chempionatining 36-turidan o'rin olgan “Granada” – “Real” uchrashuvi yakuniga etdi.
Unda “qirollik klubi” safarda yirik hisobda zafar quchdi. Uchrashuvda Xames va Alvaro Moratalar dubl qayd etishdi.
Madridliklar navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritishganidan so'ng, 84 ochko bilan Ispaniya chempionatining ikkinchi o'rnini band etib turishibdi. Shuningdek, 17 - may kuni "Selta"ga qarshi qoldirilgan uchrashuvda ham maydonga tushishadi.
Granada – Real Madrid 0:4 (0:4, 0:0)
Gollar: 0:1 – 3 Xames, 0:2 – 11 Xames, 0:3 – 30 Morata, 0:4 – 35 Morata.
Granada – Ochoa, Xongla, Silva, Fulke, Ingason, Kuenka, Krxin (Lomban, 46), Angban, Pereyra (Entrena, 81), Ramos, Malle (Agbo, 18).
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Koentrau, Danilo, Ramos, Xames, Kovachich, Asensio (Benzema, 59), Kazemiro (Isko, 69), Vaskes (Dias, 77), Morata.
Ogohlantirish: Ingason (88).