Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Santyago Solari: «Taqvim? Bu bizga bog'liq masala emas»

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya La ligasining 25-turi doirasida «Levante»ga qarshi o'yin va Ispaniya kubogi doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan javob o'yini borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya La ligasining 25-turi doirasida «Levante»ga qarshi o'yin va Ispaniya kubogi doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan javob o'yini borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Levante»ga qarshi o'yin haqida
"Biz har bir uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz va maksimal kuch bilan o'ynaymiz. «Levante» – juda tezkor jamoa. Ular buni o'zaro o'yinda isbotlashdi. Birinchi daqiqadanoq katta e'tibor bilan harakat qilish lozim. To'psiz o'yinda tajovuzkor bo'lishimiz lozim. To'p bilan o'yinda esa o'z imkoniyatlarimizni qidirishimiz kerak".

«Barselona» ko'proq dam olish imkoniyatiga ega bo'lishi haqida
"Taqvim juda qiziq. Bu bizga bog'liq emas. Lekin biz qiyin sinovga javob berishga tayyormiz".

Ramosning EChLda diskvalifikatsiyaga uchrashi mumkinligi haqida
"Avvalroq bu vaziyatga baho berib o'tdik. Bu borada shubhamiz yo'q. Shuningdek, Ramosning o'zi ham izoh berib o'tdi".

«Barselona» La liga bahsini bugun o'tkazayotgan bo'lsa, «Real»ning «Levante»ga qarshi o'yini, ertaga — 24 fevral kuni bo'lib o'tadi. «Real» va «Barselona» o'rtasidagi Kubok uchrashuvi 27 fevral kuniga belgilangan.

BestMaster
23 Fevral 2019, 21:20
santyago, solari, «taqvim?, bizga, bogliq, masala, emas»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 11
<< 1 2
yamac9597
 yamac9597  
Real g'alaba qozonadi omad Realga
23 Fevral 2019, 21:30
<< 1 2
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads