Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
18-tur. 22.01.2023. soat 22:30. Bosh hakam: Iglesias Vilyanueva | ||
BARSELONAPedri (35)
|
1 : 0 |
XETAFE |
JAMOALAR TARKIBI | ||
01.Mark-Andre ter Stegen 20.Serxi Roberto 23.Jyul Kunde 15.Andreas Kristensen 28.Alexandro Balde 05.Serxio Buskets 08.Pedri 30.Gavi 22.Rafinya 07.Usmon Dembele 10.Ansu Fati |
13.David Soriya 22.Damian Suares 02.Jene Dakonam 06.Domingush Duarte 15.Omar Alderete 21.Xuan Iglesias 05.Luis Milya 11.Karles Alenya 16.Anxel Algobia 19.Borxa Mayoral 10.Enes Unal |
|
ZAHIRA | ||
13.Inyaki Penya 36.Arnau Tenas 17.Markos Alonso 18.Jordi Alba 04.Ronald Arauxo 24.Erik Garsiya 02.Ektor Belerin 21.Frenki de Yong 19.Frank Kesse 32.Pablo Torre 38.Anxel Alarkon |
01.Kiko Kasilya 27.Diego Konde 12.Jordan Amavi 23.Stefan Mitrovich 04.Gaston Alvares 24.Gonsalo Vilyar 08.Xayme Seoane 20.Nemanya Maksimovich 14.Xuanmi Latasa 07.Xayme Mata 09.Portu |
Matn
90+5' |
|
O'yin yakunlandi. "Barselona" kichik hisobda g'alaba qozondi va o'z ochkolarini 44 taga etkazib oldi |
90+3' |
|
Xavfli vaziyat! "Xetafe" jarimadan to'pni o'yinga kiritdi. Latasa yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi. Ter Shtegen to'pni egallab oldi |
90' |
|
Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi |
90' |
|
Fatining zarbasi juda noaniq bo'ldi |
85' |
|
"Barsa"dan xavfli hujum. Dembele ajoyib reyd uyushtirib, Kessieni to'p bilan ta'minladi. Frank 10-11 metrdan yo'llagan zarbani darvozabon qaytardi |
84' |
|
"Xetafe"da birdaniga 3 o'zgarish bo'ldi |
82' |
|
Enes Unal sariq kartochka oldi |
81' |
|
Oho! Albaning uzatmasidan keyin Fati darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Posbon qutqardi. Boz ustiga, Fati ofsaydda qolgandi |
77' |
|
"Barsa"da o'zgarish: Serxi Roberto o'rniga Markos Alonso tushdi |
77' |
|
"Xetafe"da o'zgarish: Mayoral o'rniga Portu tushirildi |
74' |
|
Mehmonlardan yaxshi hujum. Mayoral bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
72' |
|
"Xetafe" burchak zarbasini amalga oshirdi. Mezbonlar to'pni egallashdi, ammo qarshi hujumga o'tib keta olishmadi |
68' |
|
Vaziyatni VAR ko'rib chiqayotgan bo'lishi mumkin. Qaror sariq bo'yicha qoldi. Qizil kartochka berilmadi |
67' |
|
Usmon Dembele sariq kartochka oldi |
62' |
|
"Xetafe"da o'zgarish: Algobiya o'rniga Stefan Mitrovich tushdi |
62' |
|
"Barsa"da o'zgarish: Rafinya o'rniga Kessie tushirildi |
60' |
|
"Barsa" yana bir yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Albaning uzatmasidan keyin Fati to'pni o'ziga bo'ysundirishda texnik xatoga yo'l qo'ydi va himoyachi to'pni qaytardi. Usmon to'pni egalladiyu, noaniq zarba yo'lladi |
57' |
|
Rafinya "Xetafe" darvozasi oldiga yaxshi pas berdi. Himoyachi qiyinchilik bilan to'pni qaytarmaganida Fati darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi |
53' |
|
Pedri chiroyli pas bilan Fatini hujumga boshladi. Ammo Ansu to'pni oldinga o'tib keta olmadi va vaziyatni qo'ldan chiqardi |
48' |
|
"Xetafe" burchak zarbasini o'yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi |
46' |
|
Ikkinchi bo'lim boshlandi |
46' |
|
"Barselona"da ikkita o'zgarish bo'ldi: Balde o'rniga Jordi Alba va Kristensen o'rniga Erik Garsiya tushirildi |
45+2' |
|
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Xetafe" - 1:0. Tanaffus |
45+2' |
|
"Barsa" ketma-ket 2 marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Samarasiz |
45' |
|
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi |
44' |
|
Alderete sariq kartochka oldi. Dembelega nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun |
43' |
|
"Xetafe" yana bir o'ta xavfli hujum tashkil qildi: tiki-taka uslubida. O'ng qanotdan berilgan uzatmaga olis ustun tomondagi futbolchi eta olmay qoldi. Uzatma tezroq bo'lib ketdi |
41' |
|
VUUUUUH! Pedri qo'pol xatoga yo'l qo'ydi: u darvozabon tomon bergan pasini hujumchi egallab oldi va Ter Shtegen bilan yakkma-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Mark-Andre yana qutqarmoqda! |
40' |
|
Dembele o'ng qanotga o'tib o'ynay boshladi va u burchak zarbasi ishladi |
35' |
|
GOOOOOL! Pedri, 1:0! "Barselona" markazda to'pni olib qo'yib, qarshi hujumga asos soldi. Rafinya chap qanotdan jarima maydoni markaziga etkazgan to'pga Pedri birinchi bo'lib etib keldi va darvozani ishg'ol qildi. |
32' |
|
VUUUUH! "Xetafe" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Mark-Andre ter Shtegen yakkama-yakka vaziyatda jamoasini qutqardi! |
30' |
|
Gavi 20 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. Darvozabon David Soriya to'pni egallab oldi |
29' |
|
Bugungi o'yinda to'pni eng ko'p yo'qotayotgan futbolchi bu — Usmon Dembele |
23' |
|
Fati yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. U raqib darvozasi yaqinida to'pni qabul qildi, ammo to'pni o'zidan biroz uzoqlashtirib yuborgani uchun zarba berishga ulgurmadi |
21' |
|
Balde ikki himoyachi orasidan o'tib ketib, mehmonlar jarima maydoniga kirib bordi va Dembelega pas berdi. Hujum yakuniga etmay qoldi |
20' |
|
Rafinya o'ng qanotdan raqib darvozasi yaqiniga yaxshi uzatma berdi. Himoyachi to'pni qaytarib qoldi |
15' |
|
Dembelening qanotdan uzatmasi noaniq bo'ldi |
10' |
|
To'p nazorati to'laligacha kataloniyaliklar tomonida |
7' |
|
"Barsa" ijrosidagi dastlabki zarba. Dembelening zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi |
5' |
|
Mehmonlar jarima maydoniga uzatma berilgan paytda "Xetafe" sakrab to'pni urib yubordi. So'ngra o'z himoyachisiga urilib ketdi. Ikkisi ham jarohat oldi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda |
4' |
|
Vuuuuh! "Xetafe" gol urd! Ammo uzatma berilayotganida ofsayd bo'lgan ekan. Gol bekor qilindi. |
3' |
|
Olis masofadan "Xetafe" jarima maydoniga uzatma berildi. Xvi to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi |
1' |
|
Uchrashuvni "Xetafe" boshlab berdi |
' |
|
Levandovski 3ta o'yindan iborat diskvalifikatsiyani o'tashni boshladi. Shu bois, bugun u maydonga tushmaydi |
' |
|
O'yin boshlanish arafasida. Futbolchilar esdalik uchun rasmga tushib olishdi |
' |
|
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Barselona" 18-tur doirasida o'z maydonida "Xetafe"ni qabul qilmoqda. |