Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
JCh-2022. 3-o'rin uchun o'yin
17.12.2022. soat 20:00. Bosh hakam: Abdulrahman al-Jassim (Qatar) | ||
XORVATIYaYoshko Gvardiol (7)
Mislav Orshich (43) |
2 : 1 |
MAROKAShAshraf Doriy (7)
|
JAMOALAR TARKIBI | ||
01.Dominik Livakovich 02.Yosip Stanishich 04.Yoshko Gvardiol 24.Yosip Shutalo 07.Lovro Mayer 08.Mateo Kovachich 10.Luka Modrich 04.Ivan Perishich 18.Mislav Orshich 14.Marko Livaya 09.Andrey Kramarich |
01.Yassin Bunu 02.Ashraf Hakimiy 20.Ashraf Doriy 18.Javad el-Yamiq 25.Yahyo Attiatulloh 04.Sofyan Amrabat 23.Bilol el-Xannus 17.Sofyan Bufal 07.Hakim Ziesh 11.Abdulhamid Sabiriy 19.Yussuf en-Nesiriy |
|
ZAHIRA | ||
12.Ivo Grbich 23.Ivitsa Ivushich 21.Domagoy Vida 06.Deyan Lovren 05.Martin Erlich 19.Borna Sosa 22.Yosip Yuranovich 25.Luka Suchich 15.Mario Pashalich 26.Kristian Yakich 13.Nikola Vlashich 16.Bruno Petkovich 17.Ante Budimir |
12.Munir Muhammadiy 22.Ahmad Tagnautiy 06.Romen Saiss 05.Nayif Agerd 24.Badr Banun 26.Yahyo Jabran 14.Zakariya Abuxlal 15.Salim Amalloh 10.Anass Zaruriy 08.Azzedin Unahiy 13.Ilyos Shoir 21.Valid Sheddira 09.Abdurrazzoq Hamdalloh 16.Ez Abde |
|
SARIQ KARTOChKA | ||
Azzedin Unahiy (69)
Salim Amalloh (84) |
Matn
' |
|
E'tiboringiz uchun rahmat |
90+6' |
|
O'yin tugadi. Xorvatiya terma jamoasi Qatardagi Mundialdan bronza medali bilan qaytadigan bo'lishdi. |
90+6' |
|
VUUUUH! En-Neseriy! Qanotdan etkazilgan uzatmaga bosh bilan zarba berdi. To'p to'rga yuqoridan tegdi |
90+5' |
|
Xorvatiyada o'zgarish: Orshich o'rniga Kristian Yakich tushirildi |
94' |
|
Qanotdan etkazilgan uzatmani Livakovich egallab oldi |
90+3' |
|
Afrikaliklar so'nggi daqiqalarda bosim uyushtirishmoqda |
90+2' |
|
En-Nesiriy ofsaydda qoldi |
90+1' |
|
Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi |
90' |
|
Marokash jarima zarbalari ishlay boshladi. To'p xorvatiyalik himoyachining qo'liga tekkandek bo'ldi. Vaziyatni VAR ko'rdi: to'pga boshga tegibdi. Penalti yo'q |
88' |
|
Anass Zaruriy ofsadda qoldi |
87' |
|
Vuuuuuuh! Kovachich o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin edi. U jarima maydoni ichida himoyachini aldab o'tdi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. To'p olis ustun yonidan o'tib ketdi |
84' |
|
Salim Amalloh sariq kartochka oldi. Marokashliklar hakamga e'tiroz bildirishmoqda |
82' |
|
Xorvatiya burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Himoyachilar to'pni maydon markaziga qaytarishdi |
80' |
|
Zieshning uzatmasi kuchli chiqdi. Shoir to'pga eta olmadi |
75' |
|
Hakam Marokash foydasiga penalti belgilashi mumkin edi. Qoidabuzarlik jarima maydoni tashqarisida bo'lgani uchun VAR ham penaltini tasdiqlamadi |
75' |
|
VUUUUH! En-Nesiriy hisobni tenglashtirishi shart edi! Yaqin masofadan yakkama-yakka vaziyatda o'tkir burchak ostida zarba berdi. Livakovich qutqarmoqda! |
74' |
|
Vuh! Xorvatiyaning qarshi hujumi xavfli bo'ldi. Markaziy himoyachi hujumga o'tib ketdi va yiqildi. Ammo hakam penalti belgilamadi. Vaziyatni VAR chiqqan bo'lishi kerakki, keyinchalik ham penalti belgilanmadi |
74' |
|
Marokashliklar qisqa paslar orqali hujum tashkil qilishdi. Ammo Zieshning kesma pasini himoyachi to'xtatib qoldi |
74' |
|
Marokashliklar qisqa paslar orqali hujum tashkil qilishdi. Ammo Zieshning kesma pasini himoyachi to'xtatib qoldi |
71' |
|
Marokashdan yana bir xato va Vlashich olis masofadan kuchli zarba berdi. To'p yuqoridan o'tib ketdi |
69' |
|
Azzedin Unahiy ogohlantirish oldi — hakamga e'tiroxz bildirgani uchun |
69' |
|
Maydon markaziga yaqin joyda Modrichga nisbatan fol ishlatildi |
67' |
|
Marokashda majburiy o'zgarish: Javad el-Yamiq jarohat oldi. Uning o'rniga Salim Amalloh tushirildi |
66' |
|
Xorvatiyada ikki o'zgarish: Livaya va Lovro Mayer o'rniga Bruno Petkovich va Mario Pashalich tushirildi. |
66' |
|
Hakimiy o'ng qanotdan uzatma berdi. HImoyachi bosh bilan qaytarib qoldi |
64' |
|
Marokashda ikkita o'zgarish: Bufal va Doriy o'rniga Badr Banun va Anass Zaruriy tushirildi |
61' |
|
Kramarich ko'zda yosh bilan maydonni tark etdi. Uning o'rniga Nikola Vlashich maydonga tushirildi |
59' |
|
Kramarich jarohat oldi shekilli. U maydonda yotibdi. Zixiraga olinishi mumkin |
56' |
|
Marokashda ikkinchi o'zgarish: El-Xannus o'rniga Azzedin Unahiy tushirildi |
55' |
|
Xorvatiya burchak zarbasini o'yinga kiritdi. Zarba noaniq bo'ldi |
52' |
|
Evropaliklar jarima maydoni ichida Perishich va En-Nesiriy o'rtasidagi to'p uchun kurashda Ivan g'olib chiqdi |
51' |
|
Xorvatlar chap qanotdan uzatma berishdi. To'p Doriyning tizzasiga tegib, maydonni tark etdi. |
48' |
|
Afrikaliklardan hujumi. Yahyo Attiatulloh jarima maydoni ichida to'pni o'zida uzoqlashtirib yubordi va vaziyatni qo'ldan chiqardi |
48' |
|
Xorvatiya ketma-ket ikkita burchak zarbasini amalga oshirdi. Ish zarbagacha etib bormadi |
47' |
|
Vuuuh! Orshich dublga erishishi mumkin edi. Uning zarbasidan so'ng to'p El-Yaiqnig beliga tekkancha shundoqqina ustun yonidan o'tib ketdi |
46' |
|
Ikkinchi taym boshlandi |
' |
|
Marokash ustozi ikkinchi bo'lim oldidan o'zgarish tayyorlamoqda. Abdulhamid Sobiriy o'rniga Ilyos Shoir tushirildi |
' |
|
Darvoqe Xorvatiya va Marokash terma jamoalari musobaqani "E" guruhida boshlashgan bo'lib, o'zaro o'yinda hisob ochilmagandi |
45+2' |
|
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha Xorvatiya - Marokash - 2:1. Tanaffus |
45+2' |
|
Livaya olis masofadan zarba berdi. To'p rekoshet orqali yuqoriga ko'tarildi. Bunu to'pni egalladi |
45+1' |
|
Xorvatiya darvozasi oldida taxlikali vaziyat. Livakovich chaqqonroq harakat qilib, to'pni egallab oldi. En-Nesiriy to'pga eta olmadi |
45' |
|
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi |
43' |
|
GOOOOOOL! Mislav Orshich! 2:1! Marokashliklar raqibning xavfli hujumini bartaraf etgandek bo'lishgandi, ammo futbolchi o'z jarima maydoni tashqarisida to'pni xorvatiyalik futbolchiga berib qo'ydi. Jarima maydoniga o'ng qanotdan kirgan Orshich uzatma berildi. Mislav esa "parashyut" zarba berishga qaror qildi. To'p darvozabonning ustidan oshib o'tib, ustunga tegib, chiziqni kesib o'tdi. Chiroyli gol! |
40' |
|
Hakim Ziesh kutilmaganda olis masofadan zarba berdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi |
39' |
|
Xorvatiyadan yaxshi kombinatsiya. Modrich jarima maydoniga kirib, sherigiga uzatma berdi. Himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi |
37' |
|
Marokashliklar ketma-ket ikki marta "korner"ni amalga oshirishdi. En-Nesiriy bosh bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi |
36' |
|
Marokash burchak zarbasi ishladi |
36' |
|
Marokash jarima zarbasini tepdi. Perishich to'pni bosh bilan yon tomonga chiqarib yubordi |
34' |
|
Mana endi mag'ribliklarning qarshi hujumlari xavfli tus ola boshladi |
33' |
|
Marokash qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirib keldi. Bufal aniq zarba bera olmadi |
29' |
|
Vuuuuuuuh! Marokashda superimkoniyat! Ziesh va Hakimiy o'ng qanotda ajoyib kombinatsiya uyushtirishdi va Ashraf raqib jarima maydoniga kirib borib, darvoza yonida En-Nesiriyga uzatma berdi. Uzatma orqaroqqa bo'lgani uchun Yussuf to'pni darvoza tomon bura olmay qoldi |
26' |
|
"Standart"dan so'ng Perishich bosh bilan noaniq zarba berdi |
26' |
|
Marokashdan yana bir xato. Futbolchilarning o'zlari xatoni to'g'irlashdi. Boshqa tomondan — Xorvatiya ijrosidagi presssing ham naf keltirmoqda |
24' |
|
Vuuuuuh! Bugun Marokash terma jamoasi futbolchilari juda ko'p xatoga yo'l qo'yishmoqda. Modrich himoyadagi shunday xatolardan birini jazolashi mumkin edi. Luka 17 metrlardan zarba yo'lladi va Bunu to'pni dastlab qaytardi va ikkinchi urinishdi raqib futbolchisi oyog'i ostidan to'pni urib yubordi. Keyin esa himoyachi to'pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
19' |
|
Bufal o'ng qanotdan bergan uzatma ancha noaniq bo'ldi |
18' |
|
Xorvatiyaning qarshi hujumlari esa yaxshi chiqmoqda. Kramarich bosh bilan aniq zarba berdi. Bunu to'pni egallab oldi |
17' |
|
Hozircha Mag'ribning qarshi hujumlari o'xshamayapti |
15' |
|
Xorvatlar qarshi hujum uyushtirib, burchak zarbasi ishlashdi |
14' |
|
Xorvatiyaning hujumi zarba bilan yakunlandi. 18 metrlardan berilgan zarbadan so'ng to'p yuqoriga ko'tarilib ketdi |
11' |
|
Gollardan so'ng tomonlar bir martadan hujum tashkil etishdi. Samarasiz |
9' |
|
GOOOOOOOOL! Ashraf Doriy, 1:1! Marokashliklar ham "standart"dan hisobni tenglashtirishdi. Jarimadan etkazilgan uzatma Mayerning boshiga tegib yuqoriga ko'tarildi. Doriy esa darvozaga yaqin masofadan bosh bilan darvozani zabt etdi! Super start! |
7' |
|
GOOOOOOL! Xorvatiya hisobni ochmoqda! Modrich "standart"ni kombinatsiya shaklida amalga oshirdi. Modrich tomonidan etkazilgan uzatmani Perishich 11 metrli nuqta ustiga etkazdi. Yoshko Gvardiol esa bosh bilan darvozani ishg'ol qildi. To'p to'sinni silab to'rga borib tushdi |
6' |
|
Marokash maydonning o'z yarim maydonida to'pni nazorat qilib, raqib shashtini pasaytirishga urinmoqda |
3' |
|
Xorvatlar o'yinni ancha faol boshlashdi. Birinchi burchak zarbasi marokashliklar uchun taxlikali bo'ldi. Evropaliklar hisobni ochib olishni strategik reja qilib olishgan shekilli |
2' |
|
Iya, Bunu! Qovun tushirishiga sal qoldiku. O'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga bir baxya qoldi! |
1' |
|
BRONZA MEDAL' UChUN O'YIN BOShLANDI. |
' |
|
Maydon markazida hakamlar va jamoalar sardorlari qur'a orqali hal qilishdi: O'yinni Xorvatiya boshlab beradigan bo'ldi |
' |
|
Hozirgina har ikki davlat madhiyalari yangradi |
' |
|
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Jahon chempionatida bugun bronza medali uchun o'yin boshlanmoqda. Xorvatiya va Marokash terma jamoalari o'zaro to'qnash kelmoqda. |