Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
JCh-2022. Chorak final
09.12.2022. soat 20:00. Bosh hakam: Maykl Oliver (Angliya) | ||
XORVATIYaBruno Petkovich (117)
|
1 : 1 |
BRAZILIYaNeymar (105+1)
|
JAMOALAR TARKIBI | ||
01.Dominik Livakovich 06.Deyan Lovren 20.Yoshko Gvardiol 19.Borna Sosa 22.Yosip Yuranovich 08.Mateo Kovachich 10.Luka Modrich 15.Mario Pashalich 11.Marselo Brozovich 04.Ivan Perishich 09.Andrey Kramarich |
01. Alisson Bekker 04.Markinos 03.Tiago Silva 14.Eder Militao 02.Danilo 05.Kazemiro 07.Lukas Paketa 10.Neymar 09.Risharlison 11.Rafinya 20.Vinisius Junior |
|
SARIQ KARTOChKA | ||
Brozovich (31)
Petkovich (118) |
Danilo (25)
Kazemiro (68) Markinos (77) |
Matn
' |
|
Markinos, ustunni poyladi! Xorvatiya - Braziliya - 4:2! Xorvatlar yarim finalga chiqishdi. Braziliya esa JChni tark etmoqda! |
' |
|
Orshich, gol! Alisson yo'nalishni topdi, ammo to'p burchakka kirib ketdi. Xorvatiya - Braziliya - 4:2! |
' |
|
Pedro, gol! Xorvatiya - Braziliya - 3:2! |
' |
|
Luka Modrich, gol! Xorvatiya - Braziliya - 3:1! |
' |
|
Kazemiro, kuchli zarba va gol! Xorvatiya - Braziliya - 2:1! |
' |
|
Mayer, gol! Xorvatiya - Braziliya - 2:0! Xorvatlar dastlabki ikki zarbani markaz bo'ylab yo'llab, gol urishmoqda |
' |
|
Rodrigo! Livakovich qaytardi! Xorvatiya - Braziliya - 1:0! |
' |
|
Vlashich, gol! Xorvatiya - Braziliya - 1:0! |
' |
|
Penaltilar seriyasi. Dastlabki zarbani Xorvatiya tepadigan bo'ldi |
120+2' |
|
Hakamning hushatiga yangradi. Qo'shimcha bo'limlar ham yakunlandi. Navbat penaltilar seriyasiga |
120+1' |
|
Vuuuh! Yana Livakovich qutqardi. Aleks Sandro tomonidan berilgan zarbani xorvatiyalik posbon bartaraf etdi. Dominik bugun 10ta seyv namoyish etdi. |
120+1' |
|
Braziliya o'ng qanotdan jarima zarbasi tepadi |
120' |
|
Ikkinchi qo'shimcha bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi |
118' |
|
Petkovich sariq kartochka oldi, golni futbolkani echib nishonlagani uchun |
117' |
|
GOOOOOOOL! Hisob tenglashdi. Bruno Petkovich — 1:1. Xorvatlar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Jarima maydoniga etkazilganu uzatmaga Petkovich 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. Zarba muvaffaqiyatli chiqmadi, ammo burchakka borgan zarbani Alisson qaytara olmadi |
116' |
|
Xorvatiya ixtiyorida besh daqiqa vaqt qoldi |
114' |
|
Antoni burchak zarbasi ishladi |
113' |
|
Xorvatiyada o'zgarish: Brozovich o'rniga Orshich tushirildi |
111' |
|
Braziliya to'liq himoyaga o'tib oldi |
110' |
|
Modrich burchakdan uzatmani amalga oshirdi. Ish zarbagacha etib bormadi |
110' |
|
Xorvatiyada o'zgarish: Sosa o'rniga Ante Budimir tushdi |
109' |
|
Xorvatiyaning hujumi. Qanotdan uzatma berildi. To'pga hujumchi eta olmadi |
106' |
|
To'rtinchi bo'lim boshlanib ketdi. |
106' |
|
Braziliyada ikkita o'zgarish bo'ldi: Militao o'rniga Aleks Sandro, Lukas Paketa o'rniga Fred tushirildi |
105+3' |
|
Birinchi qo'shimcha bo'lim yakunlandi. Jamoalar darvozalarni almashishadi |
105+1' |
|
GOOOOOOOOL! Neymar! Nihoyat hisob ochildi. Neymar hujumni o'zi boshladi. U yo'l-yo'lakay jamoadoshlari bilan ikki marta "devor" o'ynadi va jarima maydoniga kirib, darvozabonni ham aldba o'tdi va bo'sh darvozani ishg'ol qildi! |
105' |
|
Birinchi ekstra-taymga 1 daqiqa qo'shib berildi |
105' |
|
Danilo olis masofadan juda noaniq zarba berdi |
103' |
|
Vuuuh! Xorvatiya juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi! Petkovich 14 metrlardan to'pni yuqoriga tepib yubordi |
101' |
|
Pedro chalqancha uslubda zarba berishga urindi. Zarba muvaffaqiyatli chiqmadi. To'pni Livakovich egallab oldi |
99' |
|
Rodrigo chap qanotdan raqb darvozasi yaqinga uzatma berdi. Pedro to'pga biroz eta olmadi |
97' |
|
Braziliyaliklar qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirishga urinishdi. So'nggi pallada xorvatlar to'pni qaytarib qolishdi |
95' |
|
Braziliya terma jamoasi a'zolarida asabiylik kuzatila boshlandi |
92' |
|
Neymardan burchak zarbasini tepdi. Ish zarbagacha etib bormadi |
91' |
|
Qo'shimcha bo'limlarning dastlabkisi boshlandi. To'pni o'yinga braziliyaliklar kiritib berishdi |
90+5' |
|
Ikkinchi bo'lim tugadi. O'yinda hamon hisob ochilmadi. 30 daqiqalik qo'shimcha bo'limlarga navbat beriladi |
90+4' |
|
Antoni tomonidan 24 metrdan yo'llangan zarba xavfli chiqmadi |
90+1' |
|
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi |
90+1' |
|
Neymar burchak etkazgan uzatmani evropaliklar qaytarishdi |
86' |
|
Braziliya burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi |
84' |
|
Braziliyada uchinchi o'zgarish: Risharlison o'rniga Pedro tushirildi |
82' |
|
Risharlison 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
80' |
|
Vuh! Braziliyaning xavfli hujumi. O'ng qanotdan etkazilgan to'pni Neymar olis ustun tomonda o'ziga bo'ysundirdi va orqadan etib kelgan Paketaga etkazdi. Lukasning zarbasidan so'ng to'pni Livakovich egallab oldi |
77' |
|
Markinos sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o'tayotgan Modrichni qo'li bilan to'xtatib qoldi |
76' |
|
Vuuuuh! Dominik Livakovich! Neymar bilan yuzma-yuz vaziyatda xavfni bartaraf etdi |
72' |
|
Xorvatiyada dastlabki o'zgarishlar: Pashalich va Kramarich maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Nikola Vlashich va Bruno Petkovich tushirildi. |
68' |
|
Kazemiro ogohlantirish oldi. Raqib oyog'iga tepgani uchun |
66' |
|
Vuuuh! Livakovich muqarrar goldan qutqarib qoldi. Himoyachilar raqib fubolchining zarbasini qaytargandek bo'lishdi. Ammo to'pga Lukas Paketa etib bordi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Dominik yana qahramonlik ko'rsatdi |
64' |
|
Braziliyada ikkinchi o'zgarish: Vinisius o'rniga Rodrigo tushirildi |
64' |
|
Militao o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga uzatma berdi. Gvardiol to'pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
61' |
|
Hech bir jamoa ustunlikka ega bo'layotgani yo'q. To'p nazorati bo'yicha ko'rsatkich — 50/50 |
59' |
|
Tomonlarning bir martadan uyushtirgan hujumi oxiriga etmay qoldi |
56' |
|
Braziliyada o'zgarish: Rafinya o'rniga Antoni tushirildi |
55' |
|
Vuuuuh! Risharlisonning uzatmasidan keyin Neymar raqib jarima maydoniga chap qanotdan kirdi va o'tkir burchak ostida zarba berdi. Livakovich oyog'i bilan to'pni qaytarib yubordi |
53' |
|
Xorvatlarning qarshi hujumi. Perishichning so'nggi uzatmasiga jamoadoshi eta olmadi |
50' |
|
Modrich burchak zarbasini amalga oshirdi. Xorvatiyalik futbolchi bosh bilan to'pni darvoza tomon burishga harakat qildi. To'p esa ofsaydda turgan Kramarichga kelib tushdi va o'yin to'xtatildi |
48' |
|
Braziliyaning yana bir hujumi. Neymar jarima maydoni ichida to'pni qabul qildi va 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. To'p himoyachiga tegdi va ikkinchi futbolchi to'pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
47' |
|
Vuuuh! Braziliya golga juda yaqin keldi. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida to'p jarima maydoni ichidagi Risharlisonga bordi. Uning zarbasini Xorvatiya posboni oyog'i bilan qaytarib qoldi |
46' |
|
Ikkinchi bo'lim boshlandi. |
45+1' |
|
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha Xorvatiya - Braziliya - 0:0 |
45' |
|
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi |
45' |
|
Perishich ofsaydda qoldi |
42' |
|
Neymar jarimadan zarba yo'lladi. To'p jonli devordagi futbolchiga tegib, rekoshetga uchragan bo'lsa-da, Livakovich to'pni egallab oldi |
36' |
|
To'p nazorati braziliyaliklar tomonida. Ammo golga tortadigan vaziyatlar yuzaga kelayotgani yo'q. |
31' |
|
Neymarga nisbatan ishlatilgan fol uchun Brozovichga ogohlantirish berildi |
30' |
|
Xorvatiya qarshi hujum tashkil qildi. Perishich jarima maydoni tashqarisidan noaniq zarba yo'lladi |
26' |
|
Jarimadan etkazilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi |
25' |
|
Danilo sariq kartochka oldi. U Yuranovichga nisbatan juda xavfli o'yin namoyish etdi |
24' |
|
Kazemironing olis masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng burchak zarbasi ishlandi |
20' |
|
Vuh! Vinisius! "Real" futbolchisi jarima maydoniga yaqinlashdi va ichkaridagi Risharlison bilan "devor" o'ynab, darvoza tomon zarba berdi. To'p himoyachiga tegib qaytdi |
18' |
|
O'yin maydon markaziga ko'chdi. |
16' |
|
Kazemiro noaniq uzatma berishi natijasida pentakampeonlarning hujumi uzilib qoldi |
14' |
|
Burchakdan etkazilgan uzatmani himoyachilar bosh bilan maydonm arkaziga qaytarishdi |
14' |
|
Braziliyaliklar himoyada xato yo'l qo'yishdi. Perishich esa burchak zarbasi ishladi |
13' |
|
Vuh! Xorvatlar xavfli hujum tashkil etishdi. O'ng qanotdan uzatilgan to'p Braziliya jarima maydoni ichidagi Perishichga aniq bordi. Ammo Ivan to'pni darvoza tomon aniq bura olmadi |
11' |
|
Olis masofadan uzatma berildi. Ammo Risharlison ofsaydda qoldi |
7' |
|
Xorvatiyaliklar to'pni o'ng qanotdan jarima maydoniga etkazishdi. Perishich havodagi to'p uchun kurashda himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
6' |
|
Xorvatlarning hujumi oxiriga etmay qoldi |
4' |
|
Vinisius olis masofadan zarba yo'lladi. Livakovich to'pni egallab oldi |
1' |
|
Diqqat! Uchrashuv boshlandi |
' |
|
Qatardagi jahon chempionati o'zining eng yuqori cho'qqisiga yaqinlashmoqda. Chorak finalning ilk bahs. Xorvatiya Braziliya bilan to'qnash kelmoqda. O'yin boshlanishiga 7-8 daqiqa vqat qoldi. |
' |
|
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |