Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
O'zbekiston Superligasi 14-tur
Superliga-2022 | ||
So'g'diyonaJavohir Qahramonov (17)
|
1 : 0 |
Bunyodkor |
JAMOALAR TARKIBI | ||
27. Milan Mitrovich 2. Sardor Qulmatov 6. Iskandar Shoyqulov 7. Shahboz Jo'rabekov 11. Jasur Hasanov (sardor) 12. Xislat Halilov 17. Husniddin G'ofurov 19. Javohir Qahramonov 31. Luka Chermel 77. Daniel Nasriddinov 93. Marko Kolakovich |
91. Zafar Safaev 4. Davronjon Ergashev (sardor) 6. Avazbek O'lmasaliev 8. Frantsis Narx 15. Jasur Hakimov 17. Farhod Mirahmatov 18. Pavel Mogilevets 22. Usmonali Ismonaliev 25. Muhammadsafo Fozilov 29. Muzaffar Olimjonov 33. Umarali Rahmonaliev |
|
ZAHIRA | ||
1. Shirinboy Abdullaev 3. Dian Talxatov 5. Ayubxon No''monov 9. Shavkat Salomov 20. Bahodir Nasimov 21. Abdujalil Manazarov 26. Vitaliy Denisov 28. Samandarjon Mavlonqulov 44. Yure Obsivats |
32. Suhrob Sultonov 3. Mahmudjon Mahamadjonov 5. Jasurbek Yoqubov 10. Rasul Yo'ldoshev 11. Dmitrie Pobulich 14. Husayn Ergashboev 19. Bilol Tupliev 21. G'ayrat Azizxo'jaev 37. Muhammadodil Qahramonov |
Matn
90+' |
|
Kelgusi bahslarga qadar uchrashguncha xayr! Sog'-salomat bo'ling |
90+' |
|
Uchrashuv yakunlandi, So'g'diyona o'z maydonida Bunyodkorni jazoladi, ishonchli hisobda taslim etdi. |
90+' |
|
Ikkinchi bo'lim so'nggini Bunyodkor hujumda o'tkazmoqda. Lekin ulardan hozircha bir naf chiqqanicha yo'q |
90+' |
|
Ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi |
88' |
|
Mehmonlardan xavfli hujum! Bilol Tupliev raqib jarima maydoniga yorib kirdi, biroq hujumni oxirigacha etkazishga unda kuch topilmadi |
87' |
|
Denisov yoshligini yodga oldi hamda aqlli uzatmani amalga oshirdi, biroq uning sherigi vaziyatni gol bilan yakunlay olmadi |
86' |
|
Mezbonlar hakamga e'tiroz bildirishmoqda. To'p darvoza chizig'ini kesib o'tganligi borasida bahs yuzaga kelgan |
83' |
|
Jizzaxlik muxlislar allaqachon bayramni boshlab yuborishgan. Stadionni tark etganlar ham talaygina. So'g'diyona ancha ishonch bilan harakat qilmoqda |
82' |
|
Yo'ldoshev Denisov bilan dahanaki jangga kirishdi. mehmonlarda xavfli standart yuzaga keldi |
79' |
|
Bizda to'xtalish! Iskandar Shoyqulovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda |
76' |
|
O'zgarishlar. Muhammadsafo Fozilov - Rasul Yo'ldoshev, Usmonali Ismonaliev - Bilol Tupliev. |
73' |
|
Gooool! So'g'diyona hisobni ikkitaga oshirdi. Avazbek O'lmasaliev Safaevni tushunmadi va avtogol muallifiga aylandi |
72' |
|
Bunyodkor bir kishi kam bo'lib ham imkon qadar hujumlarda ishtirok etib turibdi. Biroq jamoa har tomonlama toliqib qolgan |
70' |
|
Salomov burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq to'p ancha xato yo'nalish oldi. Ikkinchi uzatmadan so'ng darvozabon to'pni egallab oldi |
67' |
|
Zarbaaaa! Bunyodkorning ketma ket zarbalari darvoza yonidan o'tib ketmoqda. |
65' |
|
O'zgarishlar. Jasur Hasanov - Vitaliy Denisov, Husniddin G'ofurov - Samandar Mavlonqulov, Xislat Halilov - Shavkat Salomov |
64' |
|
Muxlislar Baqoevdan Denisovni maydonga tushirishni so'ramoqda. Terma jamoa yulduzi o'zbek maydonlarida qayta ko'rinish berishi barchani qiziqtirmoqda |
63' |
|
Xavfliii! Hasanovning qanotdan uzatib bergan to'pi o'z manziliga etib bormadi. So'g'diyona hujumlarni uyushtirishda davom etadi |
62' |
|
Muzaffar Olimjonov raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi |
60' |
|
O'zgarish. Pavel Mogilevets - Dmitrie Pobulich |
56' |
|
Bunyodkor hujumlarni ko'paytirdi, qizil kartochka jamoaga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda |
51' |
|
Qizil kartochka! Davron Ergashev o'z jamoasini bir kishi kam holatga tashlab ketdi, Bunyodkor bir kishi kam bo'lib o'ynaydi |
50' |
|
Zarbaaaa! Rahmonaliev chamasi 30 metrchadan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sinini silab o'tdi, mehmonlarga omad etishmadi |
48' |
|
Xalilovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Uchrashuv davom etadi |
45' |
|
Uchrashuv ikkinchi bo'limi boshlandi |
45+' |
|
Birinchi bo'limga yakun yasaldi, futbolchilar tanaffusga yo'l olishdi. Birozdan so'ng bahsga qaytamiz |
45+' |
|
Qo'shib berilgan so'nggi daqiqada Bunyodkor vaqtini hujumda o'tkazdi, biroq xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
45+' |
|
Bunyodkor burchak zarbasidan unumli foydalanishga harakat qildi, biroq himoyachilar to'pni uzoqlashtirdi |
45' |
|
Birinchi bo'limga bosh hakam ikki daqiqa vaqt qo'shib berdi |
43' |
|
Chermel aut yonida raqibiga qarshi ancha qo'pol o'ynadi va o'sha zahoti bosh hakam tomonidan ogohlantirildi |
42' |
|
Birinchi bo'lim oxirida jamoalarda charchoq alomatlari kuzatilmoqda. O'yin tempi tushib ketgan, to'p maydon markazidan siljimayapti |
41' |
|
Qahramonovning burchakdan uzatgan to'pi manziliga etib bormadi. So'g'diyona hujumlarni davom ettiradi |
37' |
|
xavfliiii! Hakimov long boldan so'ng deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi, Ikki himoyachi xavodan kelgan to'pni o'tkazib yubordi, biroq Hakimov ancha bo'shlik qilib, vaziyatni yo'qqa chiqardi |
32' |
|
Xavflii! Jasur Hasanov raqib himoyachisi va posboni yo'l qo'ygan xatodan unumli foydalanish uchun bosim o'tkazdi biroq uning maqsadi amalga oshmadi |
32' |
|
Bekor qilingan goldan so'ng mehmonlar a'zolarida biroz tushkunlik bor, hujumlar ancha zaif kechyapti |
30' |
|
Shoshilishga hali erta! goldan avvalgi vaziyatda Bunyodkor a'zosi ofsaydda qolgan ekan! Gol bekor qilindi |
28' |
|
Goooool!!! mehmonlarda standart vaziyat, burchakdan uzatilgan to'pni Davronjon Ergashev boshi bilan darvozaga yo'llab qo'ydi. Himoyachilar to'p yoniga to'g'anoq bo'lishni uddalay olmadi |
25' |
|
Bunyodkor o'tkazib yuborilgan goldan so'ng hujumlar sonini ancha oshirdi, So'g'diyona biroz muddat himoyaga qamaldi |
17' |
|
Goooool! So'g'diyona Hasanovning uzatmasidan so'ng Javohir Qahramonov hisobni ochdi. Javohir kuchli zarbasini darvozabon va himoyachilar bartaraf eta olmadi |
15' |
|
So'g'diyona o'yin nazoratini o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda, Baqoev shogirdlari mehmonlar darvozasi yonida hujumlar yomg'irini uyushtirmoqda |
13' |
|
Xavfliiiiii! Shaxboz Jo'rabekov himoyachilar orasidagi bo'shliqni topib, darvoza olis burchagiga to'pni yo'lladi, biroq zarba ancha kuchli bo'lgani bilan darvoza to'riga borib tushmadi |
10' |
|
O'yin tempi sekin asta ko'tarilib bormoqda. Ikkala jamoa ham jonlanib, hujumlarni ko'paytirmoqda |
07' |
|
Mezbonlarda navbatdagi standart vaziyat besamar yakunlandi. Jaur Hasanovning jarima zarbasidan uzatib bergan to'pi o'z manziliga etib bormadi |
03' |
|
So'g'diyonada ilk burchak zarbasi! Chermelning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yonginasidan o'tib maydonni tark etdi |
02' |
|
Ilk hujum mehmonlar ijrosida sodir etildi, biroq himoyachilar Mirahmadovni zararsizlantirdi |
01' |
|
Uchrashuvga start berildi |
01' |
|
Diqqat! Futbolchilar pfl madhiyasi sadosi ortida maydonga chiqib kelishmoqda |
00' |
|
Bugun jizzaxlik muxlislar yangi kelgan futbolchilar o'yiniga baho berib olishadi. Vitaliy Denisov harakatlari barchaga qiziq bo'lishi turgan gap |
00' |
|
O'yinga barcha narsa shay holatda, futbolchilar maydonga chiqib kelishga tayyor! |
00' |
|
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Superliga 14-tur bahslariga bugundan start berildi. Turning markaziy bahsi birozdan so'ng Jizzaxda boshlanadi. Unda So'g'diyona Bunyodkorni qabul qiladi. Quyida ushbu o'yindan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. |